15:00 / 11.04.2021
2 401

Forbes Pavel Durovni arab milliarderlari ro‘yxatidan chiqardi

Forbes Pavel Durovni arab milliarderlari ro‘yxatidan chiqardi
Forbes jurnali «VKontakte» ijtimoiy tarmog‘i va Telegram messenjerining asoschisi Pavel Durovni Birlashgan Arab Amirliklarining milliarderlar ro‘yxatidan chiqardi, deb yozmoqda «RBK».

Avvalroq Durov 17,2 milliard dollar boyligi bilan bu ro‘yxatda birinchi o‘rinni band qilgan. Endilikda u Rossiyaning eng boy odamlari ro‘yxatiga kiritildi va BAA milliarderlari safida to‘rt kishi qoldi.

Birinchi o‘rinda Majid Al Futtaim Holding (ko‘ngilochar savdo markazlari) asoschisi Majid al-Futtaym (3,6 milliard dollar), ikkinchi o‘rinda Mashreqbank’ning asoschisi va sobiq direktorlar kengashi raisi Abdulla al-Gurayr, uchinchi o‘rinda tashkilotchi Hussayn Sajvani (2,4 milliard dollar) va to‘rtinchi o‘rinni avtomobil biznesi egasi Abdulla al-Futtaym (2,2 milliard dollar) qayd etildi.

Durov «Nafta Moskva» asoschisi va «Polyus» oltin qazib olish kompaniyasining nazorat paketiga egalik qiluvchi Sulaymon Kerimov oilasini ortda qoldirib, rossiyalik milliarderlar ro‘yxatida to‘qqizinchi o‘rinni egalladi. Forbes’ning rossiyaliklar reytingini hali ham «Severstal» rahbari Aleksey Mordashovning oilasi (29,1 milliard dollar) boshqarmoqda.

Dunyoning eng boy odamlari ro‘yxatida Durov 112-o‘rinni band etgan. Bir yilda uning boyligi 13,8 milliard dollarga ko‘tarildi.

2014 yil Rossiyadan ketganidan so‘ng Durov ko‘p sayohat qildi va 2017 yildan Dubayda doimiy yashay boshladi. Kompaniyaning shtab-kvartirasi Dubai Media City erkin iqtisodiy zonasidagi osmono‘par binolardan birida joylashgan. Soliq to‘lovlari yo‘qligi uchun jamoa shu yerni tanlagan.

«Daromadingizning yarmi soliq to‘lovlariga ketishi mumkin, bu esa yiliga 180 kun hukumat uchun ishlash degani. Men topgan pullarimni jamiyat uchun eng foydali ishlarga sarflay olaman, deb o‘ylayman», — dedi Durov.

Mart oyida tadbirkor va Tinkoff Bank asoschisi Oleg Tinkov yaqin kelajakda Durovning rossiyalik milliarderlar uchligiga kirishini ta’kidlagan edi.

Shuningdek, fevral oyi oxirida Da Vinci Capital sarmoyadorlari Pavel Durovga Telegram Open Network Inc (TON) va Telegram Inc kompaniyalariga qarshi da’vo ochish niyati haqida bildirishnoma xati yubordi. Forbes ma’lumotlariga ko‘ra, investorlar TON blokcheyn platformasining muvaffaqiyatsiz loyihasi uchun 100 million dollar miqdorida tovon puli talab qilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Forbes Pavel Durovni arab milliarderlari ro‘yxatidan chiqardi