Foto: Trend.az
Gruziya poytaxti Tbilisidagi Gruziya banki filiallaridan biriga qurollangan kishi bostirib kirdi va odamlarni garovga oldi. Bu haqda Gruziyaning «Rustavi 2» telekanaliga tayanib, Meduza xabar berdi.
Aynan nechta odam garovga olinganiga aniqlik kiritilmagan. «Rustavi 2» ma’lumotlariga ko‘ra, bir-ikki kishi garovga olingan.
Hodisa joyiga huquq-tartibot idoralari xodimlari yetib keldi. Politsiya bank filiali yonida joylashgan «Avlabari» metro stansiyasini yopdi.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, ikki soatlik maxsus operatsiyadan so‘ng politsiya bankka hujum qilgan jinoyatchini hibsga oldi. Garovdagilarning barchasi qo‘yib yuborildi, ularning hech biri jabrlanmagan.
Bundan avval 2020 yil oktabr oyida qurolli jinoyatchi Zugdidi shahridagi Gruziya banki filialida 40 dan ortiq odamni garovga olgan edi. Bosqinchi 500 ming dollar talab qilgan. So‘ralgan pul unga topshirilgan, shundan so‘ng u garovdagilarning barchasini ozod qilib, g‘oyib bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi
Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat"
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi