00:53 / 22.04.2021
1 975

Floridada McDonald’s suhbatga kelganlarga 50 dollar taklif qilmoqda


Foto: Twitter / Danyay
Florida shtatidagi Tampa shahrida joylashgan McDonald’s restoranlar tarmog‘ining biri suhbatga kelgan har bir kishiga 50 dollar to‘lashga tayyor, deb xabar beradi Esquire.

Restoran egasi Bleyk Kasperning aytishicha, menejerlar bu kabi qarorni u xodimlarni ishga yollash uchun «barcha imkoniyatlardan» foydalanishni talab qilganidan so‘ng qabul qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, odamlar tezkor ovqatlanish restoranlarida ishlashdan bosh tortmoqda, chunki yuqori maosh to‘lanadigan boshqa ishlarni qidirmoqda yoki uyda ishsizlik nafaqasini olishni ma’qul ko‘ryapti.

Biroq bu kabi to‘lovlar ham yordam bermayapti. Xodimlarni tavsiyalar va messenjerlar orqali ariza berish orqali yollash ancha samarali bo‘lib chiqqan. O‘tgan haftaning o‘zida Kasperga tegishli 60 ta restoran 115 nafar yangi xodimni yollagan.

Endilikda tarmoq egasi xodimlarni jalb etish uchun soatiga to‘lanadigan 12 dollar maoshni (shtatdagi minimal maoshdan 3 dollarga yuqori) 13 dollarga ko‘tarishni rejalashtirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2021 yilning fevralida McDonald’s besh yil ichida birinchi marta qadoqlar dizaynini o‘zgartirgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Floridada McDonald’s suhbatga kelganlarga 50 dollar taklif qilmoqda