08:38 / 23.04.2021
2 636

Grin Kard uchun ham ro‘molini yechmagan qiz


Bu voqea 1955 yilda suriyalik qiz Xala Atiq bilan sodir bo‘lgan edi. Bir kuni Xalaning otasi ularning butun oilasi Suriyadan AQSHga ko‘chib ketishga qaror qilganini aytdi. U xotiniga ko‘chib boriladigan uyni tartibga solish uchun ulardan oldin Kaliforniyaga borishini va uch hafta ichida qizlarini olib, uning orqasidan uchishini buyurdi.

Uch hafta o‘tgach, ona yuklarini yig‘di va qizlari bilan Nyu-Yorkka uchib ketdi. Nyu-York aeroportiga etib borgach, xodimlar ulardan suratga tushish uchun hijoblarini yechishni so‘radi. Ona juda ikkilanib, sarosimaga tushib qoldi, oxir-oqibat uni yechib suratga tushdi. Uning ortidan ikki katta qizi ham ro‘mollarini yechishdi. Navbat eng kichigi Xalaga kelganida, u ro‘molini yechishdan bosh tortdi!

Aeroport xodimlari va oilasi qancha urinishmasin, u fikridan qaytmadi va Allohga tavba qila boshladi. 13 yoshli qiz: "Agar Amerikada bo‘lishimning sharti dindan voz kechish bo‘lsa, men Suriyaga qaytaman", dedi.

Qancha do‘q-po‘pisalarga qaramay, u o‘z mamlakatiga, ro‘moli bilan yolg‘iz o‘z qaytishini qat’iyan takrorlar edi. Hatto uni ko‘ndirish uchun ofitserlar va yuqori lavozimli mulozimlarni ham olib kelishdi. Buning ham foydasizligini anglagach, uni bir xonada yolg‘iz ajratib qo‘yishdi va Suriyaga qaytarib yuborilishini aytishdi. Oxir oqibat, uning e’tiqodi, diniga mustahkamligi oldida aeroport xodimlari ham bosh egishdi. Shu tariqa uning fotosurati ro‘mol bilan olindi. Bu Amerika tarixidagi grinkard uchun tushirilgan hijobli qizning ilk fotosurati edi!

Onasi va opalari Nyu-Yorkdan Kaliforniyaga samolyotda uchishlari kerak edi. Ammo Xala tufayli samolyot ularsiz uchib ketdi.
Bir necha daqiqadan so‘ng, ular uchishi lozim bo‘lgan samolyot qulab tushgani haqida shoshilinch xabar keldi...

Yoqub Umar tayyorladi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Grin Kard uchun ham ro‘molini yechmagan qiz