08:33 / 28.04.2021
2 095

Xitoy OAVlariga «Oskar»ni qo‘lga kiritgan rejissyor Xloya Chjao haqida yozish taqiqlab qo‘yildi


Xloya Chjao
Foto: Getty Images

Xitoy ijtimoiy tarmoqlari va qidiruv tizimlari rejissyor Xloya Chjaoning «Ko‘chmanchilar yurti»  filmi «93-Oskar» marosimida g‘olib bo‘lgani haqidagi yangiliklar va xabarlarni o‘z platformlaridan o‘chirib tashlamoqda. Bu haqda The Wall Street Journal xabar berdi.

Xitoyda tug‘ilgan, ammo maktab yoshida AQSHga ko‘chib o‘tgan Xloy Chjao eng yaxshi rejissyor nominatsiyasida «Oskar» yutgan tarixdagi birinchi xitoylik ayol bo‘ldi.

«Biroq Xitoy Kommunistik partiyasining targ‘ibot bo‘limi OAVga Chjao ‘ilgari e’lon qilgan bayonotlari’ tufayli uning muvaffaqiyati haqida xabar berishni taqiqladi», — dedi mahalliy OAV manbalari WSJ’ga. Chjao 2013 yilda Filmmaker jurnaliga bergan intervyusi uchun Xitoy matbuotida tanqid qilingan edi, intervyuda u Xitoyda har qadamda yolg‘onni uchratish mumkinligini aytgandi.

WSJ xabariga ko‘ra, hozirgi vaqtda Xitoyning eng yirik qidiruv platformalari Baidu va Sogou’da rejissyor haqida faqat oldingi yangiliklar yoki «Oskar»ni yutgani haqidagi o‘chirilgan materiallarga bir nechta havolalarni uchratish mumkin. Shuningdek, Weibo, Wechat va Zhihu ijtimoiy tarmoqlarida foydalanuvchilarning Chjao haqidagi xabarlari o‘chirilmoqda.

Xitoyning yirik davlat OAV orasida faqat ingliz tilida nashr etiladigan Global Times («Xuansyu shibao») gazetasi Chjaoning «Oskar» mukofotini qo‘lga kiritgani haqida yozgan va o‘z maqolasida rejissyorni «hali yanada ulg‘ayishga» va «nizolardan uzoq yurishga» chaqirgan.

«Ko‘chmanchilar yurti» filmi Amerika va Buyuk Britaniya kinoakademiyalari, «Oltin globus» va Venetsiya kinofestivalining yirik mukofotlariga sazovor bo‘ldi. Xloya Chjaoning o‘zi tarixda Ketrin Bigeloudan keyin ikkinchi bo‘lib «Oskar» olgan rejissyor ayol bo‘ldi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoy OAVlariga «Oskar»ni qo‘lga kiritgan rejissyor Xloya Chjao haqida yozish taqiqlab qo‘yildi