18:35 / 13.05.2021
2 488

Pashinyan Ozarbayjonni Armanistonning suveren hududiga tajovuz qilishda aybladi


Foto: «TASS»
Ozarbayjon harbiylari Syunik mintaqasidagi harakatlari bilan Armanistonning suveren hududiga tajovuz qilmoqda. Bu haqda Armaniston bosh vaziri vazifasini bajaruvchi Nikol Pashinyanning so‘zlariga tayanib, «RBK» xabar berdi.

«12 may kuni, ertalab Ozarbayjon Qurolli kuchlari davlat chegarasini Sevlich ko‘li (Armanistonning Syunik viloyati va Ozarbayjonning Lachin viloyati o‘rtasida joylashgan) hududidan kesib o‘tib, 3,5 km ichkariga kirishdi. Aslida ular ko‘lni o‘rab olishga harakat qilmoqda. Shubhasiz, bunday harakatlarni qabul qilib bo‘lmaydi, bu Armanistonning suveren hududiga tajovuzdir», — dedi Pashinyan.

Pashinyanning so‘zlariga ko‘ra, Ozarbayjon harbiylari hech qanday qurol ishlatmagan. «Ular o‘zlarining xatti-harakatlarini qandaydir o‘ylab topilgan va soxta xaritalar bilan oqlashga harakat qildi. Vaholanki, bizda Sovet Armaniston, Sovet Ozarbayjon va markaziy hokimiyat tomonidan tasdiqlangan xarita bor, unda Armaniston va Ozarbayjon o‘rtasidagi chegara qayerda ekani aniq ko‘rsatilgan», — dedi u. Pashinyanning ta’kidlashicha, Armaniston «mavjud vaziyat bilan murosaga kela olmaydi», ammo masalani diplomatik yo‘llar bilan hal qilishni ustuvor vazifa deb biladi.

Armaniston Mudofaa vazirligi 12 may kuni ertalab Ozarbayjon Qurolli kuchlari «chegaralarni aniqlashtirish» bahonasida chegara hududlaridan birida muayyan harakatlarni bajarishga uringani haqida xabar bergan edi. «Arman bo‘linmalari tomonidan ko‘rilgan choralardan so‘ng, Ozarbayjon harbiylari bu ishni to‘xtatdi. Vaziyatni hal qilish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda», — deyiladi vazirlik xabarida.

Syunik viloyati Armanistonning janubida joylashgan. Hudud o‘tgan kuzda mojaro paytida Ozarbayjon armiyasi tomonidan bosib olingan Tog‘li Qorabog‘ tumanlari bilan chegaradosh. Rossiya vositachiligi bilan Armaniston va Ozarbayjon o‘rtasida tuzilgan tinchlik shartnomasiga ko‘ra, Bokuni Naxichevan eksklavi va Turkiya bilan bog‘laydigan yo‘l mintaqadan o‘tishi kerak edi.

May oyining boshlarida Pashinyan Syunik mintaqasida 102-rus harbiy bazasining ikkita kuchli nuqtasi yaratilganini e’lon qildi. «Bu nafaqat Syunik viloyati, balki Armaniston xavfsizligini ta’minlash uchun qo‘shimcha ham kafolatdir», — dedi u. Pashinyanning so‘zlariga ko‘ra, respublikaning barcha chegaralarini himoya qilishni Armaniston-Rossiya qo‘shinlari guruhi amalga oshiradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Pashinyan Ozarbayjonni Armanistonning suveren hududiga tajovuz qilishda aybladi