21:23 / 13.05.2021
2 979

Qora zamburug‘: Hindistondagi koronavirusning yangi asoratlari haqida nima bilamiz?


Foto: CNN
Hindistonda koronavirus bilan kasallanganlar soni kundan kunga ko‘paymoqda. 10-may kunidagi ma’lumotlarga qaraganda, kasallanganlar 366161 nafar, vafot etganlar soni esa 3754 kishini tashkil qilgan. Mamlakatda yana bir xavfli kasallik “qora zamburug‘” yoki mukormikoz deb ataladigan kasallik paydo bo‘lgan.

Birgina Maxarashtra shtatida 200 ga yaqin bemor koronavirusdan tuzalib, mukormikoz bilan kasallangan, ulardan 8 nafari vafot etgan. Mazkur kam uchraydigan zamburug‘li infeksiya asosan salomatligida muammo bo‘lgan, immunodepressant qabul qiladigan bemorlarga zarar yetkazadi.

Mukormikoz
Mukormikoz shunday zamburug‘ki, havodan nafas olgandan keyin burun va o‘pkalarga kirib rivojlanadi. Shuningdek, kesilgan teri, kuyish va boshqa jarohatlar orqali ham organizmga tushishi mumkin. Ammo u bilan zararlanish holatlari kamdan kam — yirik shaharlarda bir yilda 10-15 ta kasallanish holati kuzatiladi.

Nima uchun Hindiston aholisi mukormikoz bilan kasallanmoqda?
Mukormikoz va koronavirus o‘rtasida bog‘liqlik bo‘lishi mumkin. Immuniteti susaygan, shuningdek, jiddiy kasalliklar — COVID-19 yoki grippning og‘ir turi bilan kasallangan bemorlar mukormikoz bilan zararlanishi xavfi yuqori bo‘lgan kishilar hisoblanadi. Bunday bemorlar aksariyat hollarda immunitetni susaytirishi mumkin bo‘lgan steroidlar bilan davolanadi. Hindistondagi sanitariya qoidalariga rioya qilinmasligi esa bakteriya va zamburug‘larning ko‘payishiga sabab bo‘ladi.

Simptomlari
Burun bo‘shlig‘i va miya zararlanganda quyidagi simptomlar kuzatilishi mumkin:
  • yuzdagi bir tomonlama shishish;
  • bosh og‘rig‘i;
  • burun bitishi;
  • qanshar va og‘izning yuqori qismining qorayishi;
  • tana haroratining ko‘tarilishi.
O‘pka zararlanganda kuzatiladigan simptomlar:
  • tana haroratining ko‘tarilishi;
  • yo‘tal;
  • ko‘krak sohasida og‘riq;
  • nafas qisishi;
  • teri zararlanganda kuzatiladigan simptomlar:
  • terining qavarishi;
  • zararlangan sohaning qorayishi;
  • og‘riq;
  • haddan ortiq qizarish;
  • yara atrofining shishi.
Mukormikoz shifokor ko‘rsatmasiga binoan zamburug‘ga qarshi preparatlar bilan davolanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qora zamburug‘: Hindistondagi koronavirusning yangi asoratlari haqida nima bilamiz?