23:30 / 22.05.2021
2 940

AQSH Kongressiga O‘zbekiston bo‘yicha maxsus rezolyutsiya kiritildi


O‘zbekiston mustaqilligi va suverenitetini qo‘llab-quvvatlovchi rezolyutsiya AQSH Kongressiga ko‘rib chiqish uchun kiritildi.
Hujjatda prezident Sh.Mirziyoyev islohotlari dasturining ahamiyati ta’kidlanib, inson huquqlari, so‘z va OAV erkinligi, din erkinligini ta’minlash, shuningdek, korrupsiyaga qarshi choralarni ilgari surish bilan bog‘liq vaziyat yaxshilanishi olqishlanadi.

O‘zbekistonning Markaziy Osiyoda iqtisodiy yetakchi davlat sifatida o‘rni tobora oshib borayotgani ta’kidlanib, uning Afg‘onistondagi mojaroni tinch yo‘l bilan hal qilish bo‘yicha sa’y-harakatlari yuqori baholanmoqda.

Hozirgacha rezolyutsiyani 10 nafar kongressmen qo‘llab-quvvatlagan. Iyun oyining o‘rtalariga kelib hujjat AQSH Vakillar palatasida qabul qilish uchun yetarli ovoz to‘plashi kutilmoqda. Hujjatning qabul qilinishi O‘zbekiston Mustaqilligining 30 yilligi va buni AQSH tan olganligining 30 yilligiga ramziy ma’no beradi.

Eslatib o‘tamiz, 2020 yil noyabr oyida O‘zbekiston va AQSH muntazam aloqalar formatini strategik sheriklik muloqoti darajasiga ko‘tarishga qaror qilgan edi. Yangi formatdagi birinchi uchrashuvni iyun oxiriga qadar Toshkentda o‘tkazish rejalashtirilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSH Kongressiga O‘zbekiston bo‘yicha maxsus rezolyutsiya kiritildi