AQSH prezidenti Jo Bayden maxsus xizmatlarga koronavirus pandemiyasining paydo bo‘lish sabablarini aniqlashga ko‘rsatma berdi.
“Prezident bo‘lganimdan keyin oradan hech qancha o‘tmay, milliy xavfsizlik bo‘yicha yordamchimdan razvedka xizmatiga COVID-19ning kelib chiqishi bilan bog‘liq eng so‘nggi tahlillar bo‘yicha hisobot tayyorlashga ko‘rsatma berishni so‘radim”, – dedi Bayden.
Koronavirus kasallangan hayvon orqali tarqalganmi yoki laboratoriyadagi hodisa tufaylimi – Oq uy rahbari ana shuni bilmoqchi.
Prezidentning e’tirof etishicha, Amerika razvedkasi ayni paytda qaysi taxminning haqiqatga yaqinroq ekanligini baholash uchun yetarli ma’lumotga ega emas. Bayden yakuniy xulosa chiqarilishi uchun sa’y-harakatlarni tezlashtirishni va hisobotni 90 kun ichida tayyorlashni istamoqda.
Koronavirus Xitoyning Uxan shahridagi laboratoriyadan tarqalgan bo‘lishi mumkinligi haqidagi gap-so‘zlar anchadan beri bor. Xitoy hukumati buni qat’iyan rad etib keladi.
Xitoyda tadqiqot o‘tkazgan Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti ekspertlari ham koronavirusning laboratoriyada yaratilgani haqidagi taxminni inkor qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi
Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi
2025 yilgi Green Card natijalari e’lon qilindi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi?
“Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto)
Iroq qarshilik kuchlari Isroil poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi
Ozish uchun qancha yugurish kerak?
Ukrainada OIV va saraton kasalligiga chalingan bemorlar armiyaga chaqiriladi