20:10 / 05.06.2021
2 741

Kuniga 1 dollar sarflab 251 mamlakatga sayohat qilgan fransuz


Foto: «YouTube»
Fransiyada yashovchi 83 yoshli Andre Brejere 17 yoshidan sayohat qilishni boshlagan. Yoshligidan dunyoni ko‘rish, uzoq o‘lkalardagi odamlar bilan tanishishga qiziqardi. Xohishi qancha katta bo‘lmasin, moliyaviy imkoniyati cheklangandi.

Keyin o‘zi uchun qoida o‘ylab topdi — sayohatga chiqadi, faqat kunlik xarajati 1 dollardan oshmasligi kerak. Shu tarzda fransuz sayyohi 251 mamlakatda bo‘ldi, qariyb 400 ming kilometr yo‘l bosdi, xullas, Yer sharining u bormagan nuqtasi qolmadi.

«Sayohatga meni nima undadi? — Andre Brejere o‘z savoliga javob beradi. — Inson qalbi. Sayohatlarim chog‘i turli mamlakatlardagi odamlarga ko‘plab savollar berdim, dunyoni o‘z ko‘zim bilan ko‘rishni istagandim, maqsadimga yetdim».
Brejera ilk safarini Shotlandiyaga qilgan.

Faqat avtostop bo‘ylab harakatlangan. Hech qachon samolyotda uchmagan, restoranda ovqatlanmagan. Ba’zida ko‘chada tunab qolishiga to‘g‘ri kelgan. «Mening sayohatlarim — mening universitetlarim, ulardan o‘zimni va atrofimdagi dunyoni bilishni o‘rgandim», — deydi keksa katta sayyoh.

Saksondan oshgan Andre Brejere endi sayohatlarni bas qilgan, lekin uyiga qamalib o‘tirmaydi, serharakat, tanish-bilishlariga boshdan o‘tkazgan sarguzashtlarini aytib berishni yaxshi ko‘radi. Qanday qilib kalta shimda butun Eronni yayov kezib chiqqani, Afg‘onistonda boshiga miltiq tiralib, bir o‘limdan qolgani va hokazolar.

«Yer — bitta mamlakatdan iborat emas, bu unda yashaydigan odamlar. Biz turfa xilmiz, biroq hayotni birdek yaxshi ko‘ramiz», — falsafa so‘qiydi tajribali sayyoh.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Kuniga 1 dollar sarflab 251 mamlakatga sayohat qilgan fransuz