19:35 / 07.06.2021
2 876

Turkmaniston prezidenti o‘g‘liga axaltekin otini sovg‘a qildi


Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov o‘g‘li — Vazirlar Mahkamasi raisining o‘rinbosari, Oliy nazorat palatasi raisi Serdar Berdimuhamedovga axaltekin otini sovg‘a qildi. Bu haqda Turkmaniston davlat axborot agentligiga tayanib, Tengrinews xabar berdi.

Foto: turkmenistan.gov.tm
Xabarga ko‘ra, Gurbanguli Berdimuhamedov Kopetdag tog‘lari etagida joylashgan Turkmaniston prezidentining Axaltekin ot sporti majmuasiga tashrif buyurib, «o‘zining sevimli poygachilari bilan yana bir bor uchrashdi». U yerda Serdar Berdimuhamedov otasi yoniga Xankerven laqabli uch yoshli otni yetaklab keldi. Aprel oyining so‘nggi yakshanbasida nishonlanadigan Turkman Axaltekin oti va Alabay iti milliy bayramlari munosabati bilan ushbu ot barcha yilqichilar nomidan davlat rahbariga sovg‘a qilindi.

Turkmaniston prezidentining so‘zlariga ko‘ra, ayg‘irga berilgan Xankerven nomi chuqur ma’noga ega, bu muqaddaslik va hayotning davomi degan ma’noni anglatadi.

Davlat yetakchisi agar Serdar Berdimuhamedov Axaltekin ot yilqichiligi xalqaro assotsiatsiyasi va Turkman Alabay xalqaro assotsiatsiyasi rahbari sifatida ushbu ayg‘irning egasiga aylansa, to‘g‘ri ish bo‘lishini ta’kidladi. Shuningdek, Berdumahamedov ushbu «jannat» otlarini dunyoda yanada ommalashtirish uchun barcha sa’y-harakatlar qilinishiga ishonch bildirdi.

«Otning oyoqlari baquvvat, sag‘ri kuchli bo‘lsin, o‘zi ulug‘lansin» degan so‘zlar bilan Gurbanguli Berdimuhamedov otni Serdar Berdimuhamedovga topshirdi.

Keyin Turkmaniston prezidenti Xanbeg laqabli otni, Serdar Berdimuhamedov esa Shapolat laqabli otni egarladi. Ular poyga trassasida ushbu otlarda sayr qildi.
«Bu mamlakatda milliy otchilik an’analarining sifat jihatidan yangi mazmunini egallayotgan avlodlar davomiyligining yana bir dalili bo‘ldi», — deb yozadi davlat axborot agentligi.

Mart oyida Gurbanguli Berdimuhamedov o‘z o‘g‘lini faxriy unvon bilan, aprel oyida esa «Turkmanistonda xizmat ko‘rsatgan itboqar» unvoni bilan taqdirlagan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Turkmaniston prezidenti o‘g‘liga axaltekin otini sovg‘a qildi