23:30 / 29.06.2021
2 550

"Sputnik V" vaksinasining hindcha shtammga qarshi samaradorligi pasaygani ma’lum qilindi


Koronavirusga qarshi "Sputnik V" vaksinasining hindcha shtammga qarshi samaradorligi pasaydi. Bu haqda Gamaleya nomidagi markaz direktori o‘rinbosari Denis Logunov ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, samaradorlik 2,6 martaga pasaygan. "Yana bir marta ta’kidlamoqchiman, 2,6 martaga pasayish – bu sezilarsiz pasayish, bu boshqa vaksinalarga nisbatan ko‘p emas", dedi Logunov.

Uning ta’kidlashicha, samaradorlik pasayishiga qaramasdan, "Sputnik V" hindcha shtammdan himoya qiladi. Koronavirusning delta-varianti hindcha shtamm bo‘lib, Buyuk Britaniya shtammidan (alfa-variant) so‘ng tarqala boshladi. Virusning ushbu turi 80dan ortiq mamlakatda aniqlandi va tarqalish jarayonida mutatsiyaga uchrashda davom etmoqda.

JSSTning ma’lumot berishicha, koronavirusning delta-varianti alfa-variantiga nisbatan 60 foizga faolroq.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » "Sputnik V" vaksinasining hindcha shtammga qarshi samaradorligi pasaygani ma’lum qilindi