2 259
Hindistonda minglab odamlarga koronavirusga qarshi soxta vaksina kiritilgani fosh qilindi
Ta’kidlanishicha, ushbu firibgarlikka tibbiy xodimlar ham aralashgan. Mumbay shahri politsiya boshqarmasi vakili Vishal Txakurning ta’kidlashicha, shaharda va unga yondosh hududlarda bunday soxta emlash bo‘yicha kamida 12ta kampaniya amalga oshirilgan.
“Ular emlash uchun fiziologik aralashma qo‘llashgan. Har bir soxta emlash punktida shunday qilingan”, deb ma’lum qilgan Txakur.
Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, 2500ga yaqin odam soxta vaksina olgan. Firibgarlik tashkilotchilari ushbu aldov orqali 28 ming dollar ishlab olishgan.
“Biz shifokorlarni hibsga oldik. Ular firibgarlikni amalga oshirishda qalbaki sertifikat, flakon, shpritslar ishlab chiqargan klinikadan foydalanishgan”, deb qo‘shimcha qilgan politsiya vakili.
Ayni vaqtda ushbu firibgarlik ishi bo‘yicha 14 kishi hibsga olingan. Ular firibgarlik, jinoiy til biriktirish, qotillikka suiqasd kabi jinoyatlarda gumon qilinmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi?
Iroq qarshilik kuchlari Isroil poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi
“Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto)
Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi
Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi
Saul Alvares: "U o‘z jangchisiga tupurib qo‘ygan!"
Braziliyada suv toshqinlari: qurbonlar soni 75 kishiga yetdi
Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi