21:35 / 10.07.2021
2 654

Eron prezidenti mamlakatda koronavirusning beshinchi to‘lqini boshlanganini aytdi


Aprel boshlarida Eron hukumati mamlakatda koronavirusning to‘rtinchi to‘lqini boshlanganini ma’lum qilgandi.

Eronda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat yomonlashmoqda, kasallikning beshinchi to‘lqiniga duch kelganlik ehtimoli mavjud, dedi mamlakat prezidenti Hasan Ruhoniy.

"Janubiy va janubi-sharqiy tumanlarda koronavirusning "delta" shtammi tarqalishi holatlari kuzatildi. Mazkur shtamm boshqa viloyatlarga ham kirib keldi va vaziyat avvalgi haftalarga nisbatan sezilarli darajada yomonlashdi", - dedi u.
Ruhoniyning ta’kidlashicha, mamlakatda kuniga 500 ming fuqaroni emlash imkoniyati borligiga qaramasdan, virus tarqalishining oldini olish borasidagi tavsiyalarga rioya qilish zarur.
"Ehtimol, beshinchi to‘lqin boshlanib bo‘ldi", - dedi Eron prezidenti.

Aprel boshlarida Eron hukumati mamlakatda koronavirusning to‘rtinchi to‘lqini boshlanganini ma’lum qilgandi. 
Eronda kasallik yuqtirganlar soni 3,3 million nafarga yetgan, 85,6 ming bemor vafot etgan.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Eron prezidenti mamlakatda koronavirusning beshinchi to‘lqini boshlanganini aytdi