2 053
Turkmaniston hukumati Toshkentga uchayotgan Eron samolyotining mamlakat hududidan o‘tishiga ruxsat bermadi
Foto: Pinterest
Erondan O‘zbekistonga uchgan samolyot Turkmaniston hukumatining pozitsiyasi sabab mamlakatga qaytishga majbur bo‘ldi. Bu haqda Iranintl nashriga tayanib, Repost xabar berdi. Samolyot bortida 170 nafar yo‘lovchi bo‘lgani aytilmoqda.
Ta’kidlanishicha, Zagros aviakompaniyasining reysi Turkmaniston tomoni mamlakat hududidan uchib o‘tishga berilgan ruxsatni kutilmaganda chaqirib olgan vaqtda Toshkent tomon parvoz qilayotgan bo‘lgan. Eron rasmiylarining ma’lum qilishicha, bu kompaniya parvoz huquqi uchun tegishli mablag‘ni to‘lamagani sabab yuzaga kelgan.
Samolyot Eronning Mashhad shahriga kelib qo‘ngan. Shundan so‘ng yo‘lovchilarda yana bir muammo yuzaga kelgan. Ma’lum bo‘lishicha, ularning pasportiga chiqib ketishga ruxsat muhri qo‘yilgani sabab yo‘lovchilar samolyotdan mamlakat hududida chiqa olmaydi.
Iranintl Eron kompaniyasi va hukumati bilan sodir bo‘lgan moliyaviy muammo Amerika sanksiyalari sabab yuzaga kelganini yozmoqda. Sanksiyalar sabab xorij valyutasi xalqaro bank tizimlari orqali Eronga o‘tkazilmayapti.
Eslatib o‘tamiz, «Birgalikdagi harakatlar rejasi» deb nomlanadigan kelishuv 2015 yil yozida Tehron hamda beshta vositachi mamlakat o‘rtasida imzolangan. Keyinchalik Eron mazkur kelishuvni qo‘pol ravishda buzganlikda ayblandi. 2018 yil may oyi boshida AQSH kelishuvdan bir tomonlama chiqishini e’lon qildi va Eronga qarshi sanksiyalar qayta joriy qilinganini bildirdi. Eron esa kelishuv shartlariga ortiq rioya qilmasligi va 2020 yil yanvardan mazkur shartnomadan to‘liq chiqqanini qayd etdi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
“Barsa” ikki yulduz uchun bittasini “qurbon” qiladi
Saylovoldi kurashida Tramp Baydenni ortda qoldirmoqda
UFC Vegas 91. O‘zbekistonlik Bogdan Guskov amerikalik jangchini nokautga uchratdi (video)
Putin Germaniyaning Rossiyadagi aktivlarini "Gazprom"ga topshirdi
Ukraina urushidagi vaziyat: AQSHning yordami kechikmadimi?
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin
Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari