17:30 / 20.07.2021
3 294

Tojikistonda sel kelishi oqibatida kamida 10 nafar odam hayotdan ko‘z yumdi


Foto: Sputnik
Tojikistonda sel kelishi oqibatida 10 nafar odam halok bo‘ldi. Bu haqda Tojikiston favqulodda vaziyatlar qo‘mitasi matbuot xizmati rahbari Umida Yusupovaning ma’lumotiga tayanib, «RIA Novosti» xabar bergan.

«Tojikiston hududida kuzatilgan kuchli yomg‘ir oqibatida yuzaga kelgan sel toshqini oqibatida mamlakat shimolidagi So‘g‘d viloyatida 10 kishi halok bo‘ldi», – degan Tojikiston FVQ matbuot kotibi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, So‘g‘d viloyati Panjikent shahri yaqinidagi Dashti Qozi qishlog‘ida mahalliy aholi loyqa suvdan ikki nafar ayolning murdasini chiqarib olgan, shuningdek, tabiiy ofat tufayli hududdagi 15 ta aholi turar joyi vayron bo‘lgan, 35 bosh chorva mol suvga oqib qurbon bo‘lgan.

«Dashti Qozi qishloq jamoatidan 30 kilometr uzoqlikda 10 nafar cho‘pon sel oqimiga tushib qolgan. Qidiruv-qutqaruv tadbirlarini amalga oshirish maqsadida hodisa yuz bergan hududga FVQ qutqaruvchilari yuborilgan. Qutqaruv ishlari davomida sakkiz nafar cho‘ponning jasadlari suvdan olib chiqilgan. Yana ikki nafar cho‘ponni izlash ishlari davom ettirilmoqda»,– degan Umida Yusupova.

Bundan tashqari, So‘g‘d viloyatining uchta tog‘li tumanida sel kelishi oqibatida 10 kilometr avtomobil va qishloq yo‘llari, elektr ta’minotining ikkita ko‘prigi, selga qarshi to‘siqlar, 20 gektar maydondagi dehqonchilik ekinlari, ikkita ko‘prik va 23 ta xonadon vayron bo‘lgan.

Favqulodda vaziyatlar bo‘yicha tuman komissiyalarining vakillari sel kelishi oqibatida kuzatilgan vayrongarchiliklarni bartaraf qilish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirmoqda. Buning uchun maxsus texnika ajratilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tojikistonda sel kelishi oqibatida kamida 10 nafar odam hayotdan ko‘z yumdi