16:00 / 28.07.2021
1 223

Armaniston va Ozarbayjon chegarasida otishma yuz berdi

Armaniston va Ozarbayjon chegarasida otishma yuz berdi

Foto: Armaniston Mudofaa vazirligi
28 iyulga o‘tar kechasi Armaniston va Ozarbayjon chegarasida otishma bo‘lib o‘tdi, oqibatda kamida uch kishi halok bo‘ldi. Otishma Armanistonning Gegarkunik viloyati va Ozarbayjonning Kelbajar tumani o‘rtasidagi chegarada boshlangan, deb yozadi Meduza.

Armaniston Mudofaa vazirligining ta’kidlashicha, jangovar harakatlarni Ozarbayjon boshlagan, ular «oldinga siljish uchun qulay sharoit yaratib, o‘z pozitsiyasini yaxshilashga harakat qilmoqda».

Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, uch nafar arman askari halok bo‘lgan, yana ikki nafari yaralangan. Vazirlikda ta’kidlanishicha, Ozarbayjon hujumni Moskvadagi Rossiya—Armaniston muzokaralari oldidan  boshlagan.

O‘z navbatida, Ozarbayjon Mudofaa vazirligi hujumni Armaniston qurolli kuchlari boshlagani, ular «o‘qotar qurollar va granatomyotlardan Ozarbayjon armiyasining pozitsiyalarini shiddat bilan o‘qqa tutgani»ni aytdi. Ikki ozarbayjonlik askar yaralangan. Ozarbayjon Armanistonni «davlat chegarasini delimitatsiya qilish bo‘yicha muzokaralarni boshlashga» chaqirdi.

Shuningdek, Ozarbayjon Mudofaa vazirligi Rossiyaning Armaniston bilan chegarada o‘t ochishni mahalliy vaqt bilan soat 10:00 dan (Toshkent vaqti bilan soat 11:00) to‘xtatish to‘g‘risidagi taklifini qabul qilgani haqida xabar berdi. Vazirlikdagilarning ta’kidlashicha, shunga qaramay, Armaniston Ozarbayjon pozitsiyalarini o‘qqa tutishda davom etmoqda.

Armaniston Mudofaa vazirligining xabar berishicha, ertalab soat 09:20 da (Toshkent vaqti bilan 10:20) Ozarbayjon bo‘linmalari dastlabki holatga qaytarilgandi, shundan so‘ng ham otishma davom etgan.

2020 yil kuzida Tog‘li Qorabog‘ atrofida kuzatilgan Armaniston hamda Ozarbayjon harbiylarining qurolli to‘qnashuvlaridan keyin Tog‘li Qorabog‘ga qarshi yettita tuman Boku ixtiyoriga o‘tgan Syuniksk va Gegarkun viloyatlari armanlarning ozarbayjonlar bilan chegara hududi deb hisoblana boshlangan. Vaziyat 2021 yil 12 mayda yana keskinlashgan. Shundan buyon ikki tomon yangi qurolli to‘qnashuvlar, ko‘ngilsiz hodisalar sodir bo‘layotgani haqida xabar berib turibdi.

Chegarada vaziyat yomonlashganidan so‘ng, Armaniston Rossiyadan harbiy yordam so‘radi. Iyun oyida Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan Moskva bilan Rossiya chegarachilarini Ozarbayjon chegarasida joylashtirish masalasini muhokama qilganini aytdi.

16 iyul kuni Ozarbayjon Mudofaa vazirligi Armaniston hududidan mamlakat qurolli kuchlarining pozitsiyasiga o‘t ochilganini va mazkur harakatga javob qaytarilganini ma’lum qildi. Shuningdek, Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev Armanistonga tinchlik shartnomasi imzolashni yana bir bor taklif qilgani haqida xabar berildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Dunyo » Armaniston va Ozarbayjon chegarasida otishma yuz berdi
[/banner_pushhouse