Foto: Alanya Time Haber
Bill Geyts Turkiyada do‘stlari bilan birga dam olmoqda. Bu haqda «Rus.Turkey.com» xabar beradi.
O‘z sohasining eng oldi vakillari har yili dam olish uchun Turkiyaning kurort shahri sifatida ma’lum bo‘lgan Bodrumga uchib keladi. Ushbu shahar ayniqsa, o‘z yaxtasida sayohat qilishni sevuvchilar orasida juda ham mashhur sanaladi. Microsoft asoschisi Bill Geyts ham bu bundan mustasno emas.
Bill Geytsning Egey dengizidagi hashamatli yaxtasida olti nafar do‘sti bilan hordiq chiqarayotgani haqida «Sonhaberler» nashri ma’lum qilingan. Milliarderlar Bodrumdagi restoranlardan birida tushlik qilishni afzal bilgan. Matbuot vakillari bilan muloqot qilishdan qochgan janob Bill, ovqatlanish uchun unchalik mashhur bo‘lmagan restoranni tanlagan.
Shunga qaramay, jurnalistlar Geytsning tashrifi bilan bog‘liq tafsilotlar va hatto tushlik uchun qancha pul to‘langanini bilishga ham muvaffaq bo‘lgan. Ta’kidlanishicha, Billning yaxtasi Suvaysh kanalidan uzoq bo‘lmagan joyda to‘xtagan. Shov-shuvlardan qochish maqsadida milliarder do‘stlari bilan sohilga kater (maxsus kichik kema) orqali yetib olgan. Qayd qilinishicha, ular 80 ming lira (9300 dollar)ga ovqatlangan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi