17:53 / 31.07.2021
2 164

Erdo‘g‘an Antalya va yana to‘rt viloyatni falokat hududi deb e’lon qildi


Turkiyadagi o‘rmon yong‘inlari iskanjasida qolgan viloyatlar falokat hududi deb e’lon qilindi. Bu haqda mamlakat prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an o‘z Twitter sahifasida ma’lum qildi. Gap Antalya, Adana, Mersin, Mug‘la va Usmoniya viloyatlari to‘g‘risida ketmoqda.

«Biz mamlakatimiz yarasini tuzatish va zararni qoplash uchun barcha zarur choralarni ko‘rishda davom etamiz», — deb yozdi u.

Turkiya o‘rmon va qishloq xo‘jaligi vaziri Bekir Pakdemirlining so‘zlariga ko‘ra, mamlakat hududida 28 iyuldan 31 iyulgacha 98ta o‘rmon yong‘ini qayd etilgan, ulardan 88tasini o‘chirishga muvaffaq bo‘lingan.

Erdo‘g‘anning vakili Ibrohim Qalin yong‘inlarni Turkiyaning milliy falokati deb atadi. U prokuratura yong‘inlarning kelib chiqish sababini o‘rganayotganini aytdi.

Yong‘inlar oqibatida Antalyada uch, Marmarisda bir kishi halok bo‘lgan, 138 kishi shifoxonaga murojaat qilgan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Erdo‘g‘an Antalya va yana to‘rt viloyatni falokat hududi deb e’lon qildi