Foto: Qirg‘iziston milliy xavfsizlik qo‘mitasi
Qumtor oltin koni ishi bo‘yicha so‘roqda qatnashish uchun Rossiyadan Bishkekka kelgan Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Asqar Akayev ilk bayonotini berdi.
«Men Qumtorni qanday, nima uchun qurganimiz, qanday xatolar yuz bergan bo‘lishi mumkinligi, bir so‘z bilan aytganda, hammasi to‘g‘risida so‘zlab bergani keldim. Tergov davom etadi, men bugun keldim, ish bilan endi tanishdim», — dedi Akayev.
U Bishkekka bir haftaga kelganini aytdi, deb xabar bermoqda «Sputnik Qirg‘iziston».
Akayev shuningdek, prezident Sadir Japarov bilan uchrashganini aytdi.
«Japarov bilan qarorgohida uchrashdik. Hammasini aytib berishim uchun menga yo‘l ochgani tufayli minnatdorlik bildirdim», — dedi u.
Asqar Akayev Qirg‘izistonni 1991 yildan 2005 yilgacha boshqargan, so‘ngra prezidentlikdan chetlatilgan. U Rossiyaga ketgan va ilmiy faoliyat bilan shug‘ullangan. Iyul oyida Asqar Akayev xalqaro qidiruvga berildi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi