10:40 / 04.08.2021
2 984

Portugaliya ko‘chasiga Shomurodovning ustozi familiyasi berildi


Eldor Shomurodovning “Roma”ga o‘tishiga sababchilardan biri sifatida e’tirof etilayotgan Joze Mourino ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi orqali Ferragudu shahri rahbariyatiga o‘z minnatdorligini bildirgan post qoldirdi.

Ma’lum bo‘lishicha, shahar ma’muriyati ko‘chalardan biriga Mourino nomini bergan. Ma’lumotlarga qaraganda, bu ko‘cha Jozening otasi Feliks sharafiga nomlangan. Mashhur murabbiyning otasi Ferragudu shahrida tug‘ilgan va 2017 yili vafot etgan.

- Portugaliyani ayniqsa, Ferraguduni juda yaxshi ko‘raman. Bu men uchun juda ehtirosli voqea bo‘ldi.Mening otamga hurmat ko‘rsatishganidan minnatdorman, - deb yozdi Joze Mourino.

Ayni paytda “Roma” futbolchilari mavsumoldi yig‘inini aynan Portugaliyada o‘tkazmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Portugaliya ko‘chasiga Shomurodovning ustozi familiyasi berildi