
Foto: Rahmat Gul / AP
«Tolibon» harakati qator vazirlik va idoralarga vaqtinchalik rahbarlarni tayinladi. Bu haqda Pajhwok agentligi xabar bermoqda.
Xabarda aytilishicha, Sadr Ibrohim ichki ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi, Gul Og‘a moliya vaziri vazifasini bajaruvchi, Najibulla razvedka xizmati boshlig‘i vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan.
Bundan tashqari, harakat ta’lim vaziri, oliy ta’lim vaziri va Kobul gubernatori lavozimlariga ham tayinlovlarni amalga oshirgan.
Avvalroq Foreign Policy nashri o‘z manbalariga tayanib «Tolibon» harakati yetakchilari Afg‘onistonni boshqarish uchun 12 kishidan iborat kengash tuzmoqchi ekanligini yozgandi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, avvalgi ma’muriyatning ba’zi a’zolariga ham vazirliklarni boshqarish taklif qilinadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar