
Foto: AP Photo / Rahmat Gul
Rossiyaning ta’sir ko‘rsatishi “Tolibon”ga bo‘ysunmagan Panjsher viloyatidagi vaziyatni hal qilishga yordam berishi mumkin. Bu haqda toliblarning Qatardagi siyosiy ofisi vakili Suhayl Shahin aytdi.
“Bu Rossiya ta’siridan foydalangan holda muhokama qilinadi deb o‘ylayman. Bu ma’qullanadi va qadrlanadi”, – dedi Shahin toliblar Rossiyaning Kobuldagi elchisi Dmitriy Jirnovdan qarshilik kuchlari bilan muzokaralarda vositachilik qilishni so‘ragani to‘g‘risidagi savolga javoban.
Shahinning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya “Afg‘onistondagi tinchlik va yarashuv ishiga hissa qo‘shishi mumkin, Rossiyaning roli doimo ma’qullangan”.
Toliblar 15 avgust kuni Afg‘onistonda hukumatni qo‘lga kiritdi. Panjsher ular nazoratiga o‘tmagan yagona viloyat bo‘lib turibdi.
Rossiyaning Ta’siriTolibon PanjsherAfg‘oniston TinchlikSuhayl ShahinQarshilik KuchlariMuzokaralarda Vositachilik O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar