18:28 / 05.09.2021
3 346

AQSH generali «Tolibon» Afg‘onistonda hokimiyatni egallab olishi sababini ma’lum qildi

AQSH generali «Tolibon» Afg‘onistonda hokimiyatni egallab olishi sababini ma’lum qildi
Foto: EPA
«Tolibon» harakati Afg‘onistondagi korrupsiya hamda fuqarolarning hukumatga ishonchi yo‘qligi tufayli mamlakatda hokimiyatni egallab olishga muvaffaq bo‘lgan. Bu haqda AQSH Qurolli kuchlari Shtab boshliqlari qo‘mitasi rahbari general Mark Milli Fox News telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi, deb yozadi «RBK».

«Mening fikrimcha, asosiy muammolardan biri — bu hukumatdagi korrupsiya… Hukumatning o‘zi xalq ko‘z o‘ngida qonuniylikka ega emas. Oxirida nima bo‘lganini ko‘rdingiz. Oliy hukumat elitasi, ularning barchasi tom ma’noda safdan chiqib ketdi», — dedi Milli.

Uning so‘zlariga ko‘ra, afg‘on hukumatining qulashi rasmiy shaxslar kutganidan ancha ertaroq yuz bergan, holbuki AQSH o‘z qo‘shinlarini olib ketish borasida puxta rejalar tuzgan edi. «Afg‘on armiyasining parchalanishi ancha tez sodir bo‘ldi va deyarli hamma uchun to‘satdan bo‘ldi. Shu bilan birga afg‘on hukumatining qulashi ham», — deya qo‘shib qo‘ydi general.

AQSH va uning ittifoqdoshlari Afg‘onistonda o‘z qo‘shinlarini olib ketishni boshlaganidan keyin 15 avgust kuni «Tolibon» mamlakatning katta qismini bosib oldi. O‘sha kuni prezident Ashraf G‘ani Afg‘onistonda qochib, BAAga uchib ketdi. 34 ta viloyatdan faqat Panjsher qarshilik ko‘rsatishda daavom etmoqda.

3 sentabr kuni Turkiyaning «Yeni Shafak» nashri hamda «RIA Novosti» va Reuters «Tolibon» Panjsherni o‘z nazorati ostiga olganini ma’lum qildi, ammo qarshilik kuchlari bu ma’lumotni rad etdi. Keyinroq Al Jazeera telekanali «Tolibon» hujumiga viloyat poytaxtiga olib boradigan yo‘lga mina joylashtirilgani xalal berayotganini ma’lum qildi. Ikki kun o‘tib, India Today telekanali o‘z manbalariga tayanib, «Tolibon» viloyat markazi Bazarak shahriga kirib, gubernator idorasiga hujum uyushtirgani haqida xabar berdi. Biroq «TASS» manbalari idoraning hujumga uchragani haqidagi ma’lumot haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini bildirdi.

Avvalroq The Washington Post AQSH va Afg‘onistondagi manbalariga tayanib, «Tolibon» afg‘onistonlik amaldorlarga qurol evaziga pora berganini xabar qilgandi. 2020 yil boshidan buyon tomonlar bitim tuzib keladi, Afg‘oniston rasmiy vakillari uni «o‘t ochishni to‘xtatish haqidagi bitimlar» deb ataydi. WP ma’lumotlariga ko‘ra, aslida, kelishuvlar pul evaziga toliblarga qurol-yarog‘ topshirish haqida bo‘lgan. «Tolibon»ning mamlakatni egallashiga aynan shu bitimlar sabab bo‘ldi, deb yozadi nashr.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSH generali «Tolibon» Afg‘onistonda hokimiyatni egallab olishi sababini ma’lum qildi