18:53 / 16.09.2021
2 239

Meksikalik xonanda Dan Sur boshiga tilla zanjirlarni implantatsiya qildirdi

Meksikalik xonanda Dan Sur boshiga tilla zanjirlarni implantatsiya qildirdi
Foto: Esquire
23 yashar meksikalik reper va bloger Dan Sur soch o‘rniga o‘nlab tilladan yasalgan zanjirlar taqishga qaror qildi. Bu haqda New York Post xabar berdi, deb yozadi Esquire.

«Boshimga zanjirlar implantatsiya qilindi, ular teri ostiga, bosh suyagiga biriktirilgan. Bular mening sochim. Oltin sochlar. Men oltin sochlar implantatsiya qilingan birinchi reperman», — degan u. Ta’kidlanishicha, qo‘shiqchining boshiga turli qalinlikdagi zanjirlar o‘rnatilgan. Ulardan ayrimlari brilliant bilan bezalgan.

Dan Sur’ning aytishicha, u sochlarini shunchaki «bezab yuradigan» hamkasblaridan a’loroq nimadir qilishni istagan. «Ular mendan ko‘chirmaydi, deb umid qilaman», — degan u.

Shu bilan birga, Dan Sur’ni zanjirlarni jarrohlik amaliyoti yo‘li bilan boshiga o‘rnatgan deb bo‘lmaydi. Katta ehtimol bilan, bu maxsus ulama bo‘lishi mumkin.

2021 yilning fevralida reper Lil Uzi V peshonasiga kam uchraydigan, 24 million dollar turadigan pushti brilliantni implantatsiya qildirgan. Uning aytishicha, tosh yo‘qolmasligi uchun bunday qilishga qaror qilgan. Bir necha oydan keyin u toshni oldirib tashlagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Meksikalik xonanda Dan Sur boshiga tilla zanjirlarni implantatsiya qildirdi