
Avstraliyaning suvosti kemalari bo‘yicha Fransiya bilan tuzgan shartnomani bekor qilishi ikki davlat o‘rtasida mojaroga sabab bo‘ldi: Kanberradan chaqirib olingan fransuz elchisi Jan-Per Tebo Avstraliya hukumatining harakatini xoinlik deb baholadi.
«Bizda bunga (ya’ni shartnomani bekor qilishga) 18 oy davomida tayyorgarlik ko‘rilgani haqida ishonchli ma’lumotlar bor», – dedi elchi The Sydney Morning Herald nashriga bergan intervyusida.
Teboning aytishicha, Avstraliya Mudofaa vaziri Piter Datton shartnomaning buzilishi haqida OAVda xabarlar taqalganidan keyingina fransiyalik hamkasbi bilan bog‘langan. Shuningdek, u Avstraliya bilan kattaroq loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilganini aytib, hozirgi vaziyatda Fransiyaning orqasidan pichoq sanchilganini ta’kidladi.
Eslatib o‘tamiz, Avstraliya, Britaniya va AQSH 15 sentabr kuni xavfsizlik sohasida yangi hamkorlik – AUKUSga asos solinganini e’lon qildi. Hamkorlik doirasida Avstraliya Amerika texnologiyasi yordamida sakkizta atom suvosti kemasi quradi. Buning uchun esa Fransiya bilan tuzilgan yirik shartnoma bekor qilindi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar