14:00 / 03.10.2021
2 410

Ashraf G‘ani qochishining yangi tafsilotlari e’lon qilindi

Ashraf G‘ani qochishining yangi tafsilotlari e’lon qilindi
Afg‘onistonning sobiq prezidenti Ashraf G‘ani mamlakatdan O‘zbekiston orqali BAAga qochib ketgan. Qochish tafsilotlari mahalliy Hasht e Subh Daily gazetasida ma’lum qilingan.

Dastlab Afg‘onistonning sobiq rahbari, uning yordamchilari va soqchilari favqulodda holatlarda davlat rahbari va uning atrofidagilar foydalanishi uchun mo‘ljallangan to‘rtta xizmat vertolyotidan foydalanishgan.

Manbaning gazetaga aytishicha, Termiz shahriga 54 kishi kelgan, jumladan, 22 uchuvchi va 22 nafar prezident qo‘riqchisi. Shu bilan birga, bortdagilardan hech birining pasporti bo‘lmagan va bir qanchasida faqat harbiy hujjat bo‘lgan xolos.

G‘ani Termiz aeroportida 31 soat qolgan. Bu vaqt mobaynida u O‘zbekistonning 200 harbiy xizmatchisi himoyasida bo‘lgan. 16 avgust kuni tushdan keyin sobiq prezident va uning atrofidagilar hech qanday ramzsiz bo‘lgan kichik samolyotga chiqishgan.

Flightradar portalining xabar berishicha, layner Qozog‘istonning FlyJet aviakompaniyasiga tegishli bo‘lgan.

«Samolyotda biz ozgina suv va ovqat oldik», — degan G‘ani atrofidagilar vakili.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Birlashgan Arab Amirliklari rasmiylari G‘aniga hamrohlik qilayotganlarga mamlakatda yashashga imkoni yo‘qligini aytishgan.

Nashr suhbatdoshi, shuningdek, Abu-Dabiga qo‘nganidan buyon na sobiq davlat rahbarini, na boshqa amaldorlarni ko‘rmaganini qo‘shimcha qilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ashraf G‘ani qochishining yangi tafsilotlari e’lon qilindi