date

Mi-171A3 vertolyotlarining seriyali yetkazib berilishi 2026-yilda boshlanadi

Mi-171A3 vertolyotlarining seriyali yetkazib berilishi 2026-yilda boshlanadi

Rossiyaning Rostex korporatsiyasi 2026-yildan boshlab to‘liq mahalliy ishlab chiqarilgan Mi-171A3 vertolyotlarini seriyali yetkazib berishni boshlaydi. Bu haqda korporatsiya rahbari Sergey Chemezov Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ma’lum qildi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Offshor konfiguratsiyadagi ushbu vertolyot barcha sertifikatsiya sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tdi. U katta suv havzalari ustida parvoz qilish va neft-gaz sanoati ehtiyojlari uchun maxsus moslashtirilgan bo‘lib, soha mutaxassislari uchun muhim texnika hisoblanadi.

Shuningdek, 2025-yilda Rostex mahalliy VK-650V dvigatellari bilan jihozlangan ikkita yengil vertolyotni — ikki dvigatelli «Ansat» va bir dvigatelli Mi-34M1 modellarini sinovdan o‘tkazdi. Ushbu havo kemalari import qilinadigan analoglarni almashtirishga mo‘ljallangan.

«Ansat» vertolyoti allaqachon Milliy sanitariya aviatsiyasi xizmatida faol foydalanilmoqda. Mi-34M1 modeli esa xorijiy Robinson va Bell vertolyotlariga raqobatchi sifatida ishlab chiqilgan bo‘lib, ularning seriyali ishlab chiqarilishi 2027-yildan boshlanishi rejalashtirilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Mi-171A3 vertolyotlarining seriyali yetkazib berilishi 2026-yilda boshlanadi