23:02 / 07.10.2021
1 578

Peruda bosh vazir va hukumat almashtirildi

Peruda bosh vazir va hukumat almashtirildi
Marta Vaskes
Foto: Reuters

Peru bosh vaziri Gvido Bellido iste’foga chiqqanidan so‘ng mamlakat Kongressining sobiq raisi Mirta Vaskes yangi bosh vazir sifatida qasamyod qabul qildi. Bu haqda El Comercio gazetasi xabar berdi.

«Munosib hayot uchun har kuni kurash olib boradigan ushbu mamlakatning ayollar va erkaklari uchun», — dedi Vaskes xonim qasamyodida.

Bosh vazir tayinlanishidan tashqari, Vazirlar Mahkamasining deyarli barcha a’zolari o‘zgardi. Xususan, Anibal Torres yangi adliya vaziri, Karlos Gallardo ta’lim vaziri, Luis Roberto Barransuela Vite ichki ishlar vaziri, Ernando Sevalos sog‘liqni saqlash vaziri, Betssi Chaves esa mehnat vaziri bo‘ldi. Pedro Franke iqtisodiyot vaziri vazifasini bajarishda davom etadi, deb yozadi nashr.

Sobiq bosh vazir Gvido Bellido o‘ziga nisbatan soliq tekshiruvi olib borilayotgan bir paytda hamda tashqi ishlar vaziri Oskar Maurtua va adliya vaziri Anibal Torres bilan Camisea gaz konsorsiumiga qarshi tahdidlar bilan bog‘liq nizo fonida bir kun oldin iste’foga chiqish to‘g‘risida ariza bergan edi.

Keyinroq Peru prezidenti Pedro Kastilo xalqqa yo‘llagan murojaatida Bellidoning iste’fosini tasdiqladi va tez orada yangi Vazirlar Mahkamasi tuzilishini e’lon qildi.

Bundan ikki kun oldin, matbuot anjumani chog‘ida Bellido iste’foga chiqishi ehtimolini rad etgandi. «Ular mendan nafaqaga chiqishim haqida so‘ramoqda. Hech qanday holatda. Bizning — barcha vazirlar va Vazirlar Kengashi raisining lavozimlari hamisha prezident qo‘lida», — degandi u.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Peruda bosh vazir va hukumat almashtirildi