Foto: Reuters
AQSH prezidenti Jo Baydenning faoliyatini ma’qullash bo‘yicha reyting u prezidentlikka kirishganidan buyon eng past darajaga tushib ketdi. 6 oktabr kuni AQSHning Kvinnipiak universiteti tomonidan o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalari shundan dalolat beradi.
So‘rovnomada qatnashgan amerikaliklarning 53 foizi Baydenning faoliyatini salbiy, atigi 38 foizi esa ijobiy baholagan. Uch hafta oldin xuddi shu universitet o‘tkazgan avvalgi so‘rovnomada 42 foiz aholi Baydenga ijobiy, 50 foizi esa salbiy baho bergandi. Shunday qilib, Amerika prezidentining nufuzida pasayish tendensiyasi kuzatilmoqda.
Baydenning faoliyatini baholashda siyosiy qarashlar o‘ta muhim rol o‘ynaydi. Uning ishiga respublikachilar orasida respondentlarning 94 foizi, demokratlar orasida esa atigi 10 foizi salbiy baho bergan. Biroq o‘zini ma’lum bir siyosiy kuch a’zosi deb hisoblamaydiganlar orasida prezidentni qo‘llab-quvvatlash reytingi, hatto respublikachilardagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan ham past. Bu toifadagi respondentlarning 60 foizi Oq uy egasining sa’y-harakatlarini salbiy, faqat 32 foizi ijobiy baholagan.
Amerikaliklar, ayniqsa, prezidentning immigrantlar siyosati va AQSHning janubiy chegarasidagi vaziyatdan norozi. Prezidentning bu boradagi faoliyatiga 67 foiz salbiy, 23 foiz ijobiy baho berilgan.
So‘rovnoma ishtirokchilarning atigi 28 foizi Baydenning Afg‘oniston masalasidagi siyosatini qo‘llab-quvvatlashini bildirgan, 50 foizi Afg‘onistonni qo‘llab-quvvatlash uchun AQSH u yerda ma’lum miqdordagi kuchlarni qoldirishi kerakligini, 15 foizi harbiylarni umuman olib ketmaslik kerakligini aytgan. Amerikaliklarning 72 foizi iqtisodiyotning ahvolidan ma’lum darajada norozi. So‘rovnomada butun mamlakat bo‘ylab AQSHning 1326 fuqarosi ishtirok etdi. U 1 oktabrdan 4 oktabrgacha o‘tkazilgan, statistik xato 2,7 foizga teng.
Avgust oyida «Tolibon» Afg‘onistonni egallagandan so‘ng Baydenning reytingi 46 foizgacha tushib ketgandi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi