AQSH prezidenti Jo Bayden 2022-moliya yilida (1 oktabrdan boshlandi) mamlakatga qochqinlarni qabul qilish kvotasini ikki baravar oshirdi. Endi AQSH 62,5 ming emas, 125 ming kishini qabul qiladi. Bu haqda 8 oktabr kuni Oq uy tarqatgan bayonotga tayanib «Korrespondent.net» xabar berdi.
«2022-moliyaviy yilda Qo‘shma Shtatlarga 125 minggacha qochqinning qabul qilinishi insonparvarlik nuqtai nazaridan kelib chiqadi yoki milliy manfaatlarga asoslanadi», — deb ta’kidladi Amerika rahbari.
Shu bilan birga, Vashington ma’muriyati Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlaridan 10 ming qochqinni qabul qilmoqchi. Avvalroq hukumat qochqinlarni qabul qilish kvotasini oshirish niyati haqida Kongressni ogohlantirgandi.
May oyida Bayden o‘tgan 2021-moliyaviy yilda qochqinlarni qabul qilish chegarasini 62,5 ming kishiga oshirgandi, undan avvalgi prezident Donald Tramp davrida ushbu kvota 1980 yildan buyon eng kam — 15 ming kishi uchun belgilangandi. Fevral oyida Bayden chet eldan qochqinlarni qabul qilish kvotasini 2022-moliya yilida 125 ming kishiga oshirish niyatida ekanligini ma’lum qildi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin