Foto: «RIA Novosti»
Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov Vazirlar Mahkamasini iste’foga chiqarish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Bu haqda davlat rahbarining saytiga tayanib «RBK» xabar berdi.
Vazirlar Mahkamasi tarkibidagi mansabdor shaxslar kabinetning yangi tarkibi tuzilgunga qadar o‘z vazifalarini bajarishda davom etadi.
Prezident alohida farmon bilan Vazirlar Mahkamasi raisi Ulug‘bek Maripovni lavozimidan ozod qildi. Uning vazifalarini bosh vazir o‘rinbosari, Iqtisodiyot va moliya vazirligi rahbari Oqilbek Japarov (davlat rahbari bilan familiyadosh) vaqtincha bajarib turadi.
Avvalroq Japarov «Qirg‘iziston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida»gi konstitutsiyaviy qonunga imzo chekkan edi. Qonun 6 oktabrda Qirg‘iziston parlamenti — Yuqori Kengash tomonidan qabul qilingan. Qonun ijro etuvchi hokimiyat tizimini belgilaydi hamda Vazirlar Mahkamasining tuzilishi va faoliyatini tartibga soladi, shuningdek, kabinet a’zolarining huquqlari, burchlari va javobgarligini belgilaydi.
Xususan, hujjatga ko‘ra, kabinet raisi bir vaqtning o‘zida prezident ma’muriyatining rahbari bo‘ladi. Vazirlar Mahkamasi a’zolariga ba’zi cheklovlar qo‘yiladi, xususan, ular tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi va saylovoldi kampaniyasi davrida ma’muriy resurslardan foydalanishi taqiqlanadi.
Qonunni imzolash bilan birga Sadir Japarov o‘z vakolatlarini sezilarli darajada kengaytirdi. Hujjatga ko‘ra, Japarov o‘z tashabbusi bilan bosh vazir va Vazirlar Mahkamasi a’zolarini iste’foga chiqarishi mumkin.
Bundan avval Qirg‘iziston Konstitutsiyaviy kengash rahbari Bekbosun Borubashev hukumat boshqaruvining parlament-prezidentlik shaklidan prezidentlik shakliga o‘tmoqchi ekanini, shuning uchun prezident ko‘proq mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishi kerakligini aytgandi.
Japarovning ta’kidlashicha, avval Qirg‘izistonda amal qilgan parlament-prezidentlik boshqaruv shakli ommaviy tartibsizliklarning asosiy sababi bo‘lgan va 2020 yil oktabr oyida respublikada hokimiyat almashishiga olib kelgan. May oyida davlat rahbari yangi konstitutsiyani imzoladi.
Yangi asosiy qonun boshqaruvning prezidentlik shakliga o‘tishini va respublikada hukumat tizimini tashkil etish bilan bog‘liq boshqa bir qator o‘zgarishlarni, shu jumladan, parlament a’zolari sonini hozirgi 120 kishidan 90 kishigacha qisqartirishni nazarda tutadi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi