13:33 / 17.10.2021
1 821

Xitoylik ota og‘ir kasallikka chalingan o‘g‘liga o‘zi dori ishlab chiqdi

Xitoylik ota og‘ir kasallikka chalingan o‘g‘liga o‘zi dori ishlab chiqdi
Foto: Weibo
Xitoylik ota Menkes kasalligidan aziyat chekuvchi o‘g‘liga o‘zi mustaqil ravishda dori tayyorladi. Bu haqda South China Morning Post nashri xabar berdi.

Menkes kasalligi o‘limga olib keluvchi xavfli kasallik bo‘lib, u o‘sishning sekinlashuvi, asab tizimi nuqsonlari hamda sochlarning o‘ziga xos tarzda jingalaklashishi bilan kechadi. Oxirgi alomat sababli u “jingalak soch kasalligi” deb ham ataladi. Ushbu nuqsonlarni organizmda misning hujayralararo tashilishidagi buzilish keltirib chiqaradi. Bu kasallikka chalingan bolalar bir necha yilgina yashaydi.

Xitoylik Syuy Vey ismli erkak o‘g‘li Menkes kasalligiga chalinganini bilgach, u uchun tajribaviy dori – mis gistidini aminokislotasini mustaqil ravishda tayyorlashga muvaffaq bo‘ldi. Ota bu dori haqida internet orqali xabar topgan.

Erkak o‘z o‘g‘liga zarur bo‘lgan dorini ishlab chiqarish murakkabligi va qimmatligi sababli uni mustaqil tayyorlashga qaror qilgan. O‘rta ma’lumotga ega bo‘lgan Syuy ushbu maqsadda universitet kurslariga yozilib, farmatsevtika mahsulotlarini tayyorlash va ularning sifatini ta’minlashni o‘rgangan.

Ota o‘zi tayyorlagan dorini avval kalamushlarda, keyin o‘zida sinovdan o‘tkazgach, uni o‘g‘liga kiritgan. Shifoxonada o‘tkazilgan ko‘rik dori bolaga yordam berganini ko‘rsatgan. Syuyga dorini tayyorlash 62 ming dollarga tushgan. Bola to‘liq tuzalib ketmagan bo‘lsa-da, biroq tirik qolgan.

Xitoy tibbiy doiralarida Syuy “belgilangan chegaralarni kesib o‘tgani” va endi o‘g‘lining salomatligi uchun o‘zigina javobgar bo‘lishi aytilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoylik ota og‘ir kasallikka chalingan o‘g‘liga o‘zi dori ishlab chiqdi