2 482
Olimlar koronavirus pandemiyasi birinchi bo‘lib yengib o‘tadigan mamlakatlar nomini ma’lum qildi
Foto: Getty Images
AQSH, Buyuk Britaniya, Portugaliya va Hindiston 2022 yilda koronavirus pandemiyasidan chiqib ketishi mumkin. Bu kabi prognozlarni 3 noyabr kuni Reuters agentligi bir qator taniqli ekspertlar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovga tayanib ma’lum qildi, deb xabar beradi «Korrespondent.net».
Olimlarning so‘zlariga ko‘ra, ushbu mamlakatlar vaksinatsiyaning yuqori darajasi va koronavirusga chalingan odamlar o‘rtasida tabiiy immunitetning ma’lum bir kombinatsiyasiga ega bo‘ladi. Mazkur davlatlarda COVID yana bir mavsumiy kasallikka aylanishi mumkin.
«Bugungi kundan 2022 yil oxiriga qadar bo‘lgan davrda ushbu virus ustidan nazoratni qo‘lga olishimiz, og‘ir kasallik va o‘lim holatini sezilarli darajada pasaytirishimiz mumkin bo‘ladigan vaqt keladi deb hisoblaymiz», — deydi JSST bosh epidemiologi Mariya Van Kerkxove.
Shu bilan birga, mutaxassislarning ogohlantirishicha, COVID-19 yana uzoq yillar sayyora aholisining o‘limini asosiy sababiga aylanib qoladi. Olimlarning bir qismini fikricha, koronavirus qizamiq kabi bo‘lib qoladi: vaksinatsiya darajasi past bo‘lgan aholi guruhlari o‘rtasida epidemiyalarni keltirib chiqaradi. Boshqa tomonning fikricha, COVID-19 katta ehtimol bilan gripp kabi bo‘lib qoladi.
«Ayrimlar ‘qiyomat kuni ssenariysi’ deb atayotgan ehtimolni hech kim to‘liq istisno etmayapti, virus shu qadar mutatsiyaga uchraydiki, qiyinchilik bilan erishilgan immunitetdan chetlab o‘ta boshlaydi», — deydi ekspertlardan biri. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...