
Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida 28 oktabr kuni o‘zbekistonlik erkak haydovchi jurnalistga hujum qilib, uning telefonini o‘g‘irladi. Bu haqda «Bezformata.ru» xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, o‘zbekistonlik haydovchi ayol yo‘lovchi mashinasiga o‘tirganida unga hujum qilgan va tahdid qilib, telefonini tortib olgan. Jabrlanuvchi Sankt-Peterburg telekanali xodimi bo‘lib chiqqan.
«Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida 2021 yil 3 noyabr kuni ertalab Bela Kun ko‘chasi, 3-uy 13-xonadon yaqinida ushbu jinoyatni sodir etishda gumon qilinib, Markaziy osiyolik 37 yoshli fuqaroni qo‘lga oldi», deyiladi Rossiya IIVning Sankt-Peterburg bo‘yicha Bosh boshqarmasi matbuot xizmati xabarida.
Xabarga ko‘ra, hujum qilgan shaxsdan o‘g‘irlangan buyumlar olib qo‘yilgan. Unga nisbatan «O‘g‘rilik» moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Ushbu moddaga ko‘ra, huquqbuzar 10 ming rublgacha jarima va yetti yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.
Qayd etilishicha, shifokorlar jabrlanuvchiga miya chayqalishi tashxisini qo‘ygan. Ayblanuvchi keltirgan zarar miqdori 25 ming rublga baholanmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar