Foto: turkmenistan.gov.tm
Turkmanoboddagi pedagogika institutida o‘tkazilgan majlisda talabalarga VPNdan foydalanmaslik, Green Card lotereyasi o‘ynamaslik, oliy ta’lim muassasasiga telefon olib kelmaslik talabi qo‘yilgan.
Majlisda chiqish qilgan rektor G.Muhammedov uch talaba so‘nggi vaqtlarda turkman talabasi nomini bulg‘aydigan nojo‘ya xatti-harakatlarga yo‘l qo‘yganini ma’lum qildi. Ikki nafar qiz fohishalik bilan shug‘ullangan, bir talaba esa o‘g‘rilik qilgani uchun politsiya tomonidan qo‘lga olinganini aytgan.
Prokuratura vakili xorij internet nashrlari va ijtimoiy tarmoqlarning yoshlarga salbiy ta’siridan shikoyat qildi. U talabalarga ijtimoiy tarmoqlar va VPN’dan foydalanmaslik, oliy ta’lim muassasasiga telefon olib kelmaslik, uni yotoqxona yoki uyda tashlab kelishni maslahat berdi.
Oliy ta’lim muassasasi ayollar ittifoqi bo‘limi rahbari qizlar har yarim yilda ayollar maslahatxonasida tibbiy ko‘rikdan o‘tishlari va dekanatga tibbiy ma’lumotnoma taqdim etishlarini taklif etdi.
Yig‘ilishda ko‘plab talabalar AQSHning “Grin karta” (Diversity Visa Lottery) to‘ldirishayotgani borasida ham xavotirlar aytib o‘tildi.
«Sizlarni ogohlantiraman, agar orangizda mana shu kartani to‘dirganlar yoki boshqa usullar bilan mamlakatdan ketishni istaydiganlar bo‘lsa, ular o‘qishdan haydaladi. Bu yerda vatanimiz uchun kadrlar tayyorlayapmiz», — degan rektor o‘zining yakuniy nutqida.
Avvalroq Turkmaniston davlat madaniyat instituti o‘qituvchilaridan VPN ilovalaridan foydalanmaslik, Instagram hamda Facebook’ka kirmaslik haqida tilxat yozdirib olingani ma’lum qilingan edi. Ularga videorolik va fotosuratlar yuborish uchun Turkmanistonda ishlab turgan yagona IMO messenjeridan foydalanish taqiqlangan. Endi faqat matnli xabarlar yuborish mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi