1 411
Forbes qozog‘istonlik milliarderlarning tartibsizliklar oqibatida ko‘rgan zararini baholadi
Foto: EPA
Qozog‘istondagi tartibsizliklar fonida to‘rt nafar mahalliy milliarder jami 3 milliard dollar yo‘qotdi, deb yozmoqda Forbes. Ular orasida sobiq prezident Nursulton Nazarboyevning qizi va kuyovi ham bor.
Forbes ma’lumotlariga ko‘ra, Kaspi Bank mahalliy to‘lov va fintex kompaniyasi direktorlar kengashi raisi Vyacheslav Kimning boyligi 1,4 milliard dollarga — 5,7 milliard dollardan 4,2 milliard dollargacha kamaygan. Bunga Kaspi Bank aksiyalari ikki kun ichida 30 foizga — 4 yanvardagi 188 dollardan 6 yanvarda 87 dollargacha tushib ketgani sabab bo‘lgan.
Kaspi Bank bosh direktori, asli gruziyalik bo‘lgan Qozog‘istonda yashovchi Mixail Lomtadze ham deyarli shuncha miqdordagi boyligini yo‘qotdi. Uning kapitali 5,2 milliard dollardan 3,8 milliard dollargacha qisqargan.
Nazarboyevning qizi Dinara Qulibayeva va uning turmush o‘rtog‘i Timur Qulibayev jami 200 million dollar zarar ko‘rdi. Er-xotin mamlakatdagi Xalq bankini nazorat qiladi. Bankning aksiyalari 4—6 yanvar kunlari 16 foizga arzonlashgan. Forbes ma’lumotlariga ko‘ra, juftlik 3,1 milliard dollar miqdoridagi boylikka egalik qiladi.
Qozog‘istonda 2 yanvar kuni gaz narxi keskin oshishi sababli ommaviy norozilik namoyishlari boshlanib, bir necha kundan so‘ng ular tartibsizliklarga aylandi. Mamlakat prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev 6 yanvar kuni tartibsizliklar oqibatida yetkazilgan zararni hisoblash, ma’muriy binolar, ijtimoiy ob’ektlar, turar joy binolarini tiklashni boshlash, jabrlangan kichik va o‘rta biznesni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha topshiriq bergan.
6 yanvar holatiga, mamlakatdagi tartibsizliklar oqibatida ko‘rilgan zararning umumiy miqdori 91 million dollarni tashkil etgani, shundan 89,8 million dollari Olmaotaga to‘g‘ri kelishi haqida xabar berilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar