Qirg‘iziston – Tojikiston chegarasida otishma yuz berdi

Qirg‘iziston – Tojikiston chegarasida otishma yuz berdi
Foto: «24.kg»
Qirg‘izistonTojikiston chegarasida, Tort-Kocho manzilida har ikki mamlakat harbiylari o‘rtasida otishma boshlandi. Bu haqda «24.kg» o‘z manbalariga asoslanib xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, bugun soat 18:15 da tojik harbiylari Botken tumanidan o‘tuvchi O‘sh – Isfana yo‘lining Tort-Kocho manzilidagi qismini bir tomonlama yopib qo‘yishgan.

Hodisa joyiga Botken chegara otryadi boshlig‘i, polkovnik Rustam Mirshokirov (Tojikiston) va Chegara xizmati boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik Qiyalbek Tolonbayev (Qirg‘iziston) yetib borishgan.

Chegaraning ushbu qismiga tashlangan harbiy bo‘linmalar kuchaytirilgan tartibga o‘tkazilgani aytilmoqda.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar