1 311
WP: Rossiya bosqin uchun zarur kuchlarning qariyb 70 foizini Ukraina chegaralariga tortib keldi
Foto: «Voyennoye delo»
Rossiya keng ko‘lamli bosqin uchun zarur kuch va vositalarning qariyb 70 foizini Ukraina chegaralariga tortib kelib bo‘ldi. Bu haqda The Washington Post manbalariga tayanib xabar berdi. Reuters, The New York Times va boshqa G‘arb OAVlari ham xuddi shunday baho bermoqda.
Chegara zonasida har biri 750 nafar askardan iborat 83 ta batalon-taktik guruhlar tayyor holga keltirilgan. Yana 14 tasi yo‘lda. Shu bilan birga, ikki hafta oldin bunday guruhlardan 60 ta borligi qayd etilgandi, deb yozadi nashr.
Bundan tashqari, 20-30 ta Rossiya kemasi Qora dengizda turibdi. The Washington Post gazetasiga ko‘ra, Rossiya «sohil bo‘ylab desant hujumlarini boshlashi mumkin». Umumiy hisobda Rossiya 100-130 ming harbiyni Ukraina chegaralariga tortib kelgan, deydi gazeta manbalari.
G‘arb nashrlari qayd etishicha, agar Rossiya Kiyevga bostirib kirsa, Ukraina poytaxti «bir necha kun ichida qulaydi». AQSH hisob-kitoblariga ko‘ra, urushda yo‘qotishlar Ukraina harbiylari o‘rtasida 5-25 ming kishini, Rossiya harbiylari orasida 3-10 ming, tinch aholi orasida esa 25-50 ming kishini tashkil qilishi mumkin. G‘arb matbuotiga ko‘ra, bosqin sodir bo‘lsa, gumanitar inqiroz va millionlab qochqinlarning Yevropaga ko‘chishi yuz beradi.
Avvalroq The New York Times manbalariga tayanib, Rossiya Ukraina hududiga bostirib kirishga hali tayyor emasligi, ammo harbiy operatsiyaga tayyorgarlikning yakuniy bosqichida ekani haqida xabar bergandi.
Bir necha oydan buyon G‘arb siyosatchilari va ommaviy axborot vositalari Rossiya Ukraina bilan chegarasi yaqinida harbiy kuchlar to‘playotgani haqida xabar bermoqda, ularning fikricha, bu bosqinga tayyorgarlik bo‘lishi mumkin. Agar Ukrainaga hujum bo‘lsa, G‘arb davlatlari Rossiyaga qarshi sanksiyalar qo‘llamoqchi.
Rossiya hukumati Ukrainaga hujum qilmoqchi emasligini aytib, chegara yaqinida harbiy qismlarning joylashtirilishini oddiy mashg‘ulotlar bilan izohlamoqda.
4 fevral kuni Amerikaning Bloomberg agentligi o‘zining sayti orqali «Rossiya Ukrainaga bostirib kirdi» sarlavhali xabarni e’lon qilib yubordi. Keyinroq agentlik xatosini tan olib, sarlavhani o‘chirib tashlagan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Google'ning Gemini chatboti foydalanuvchiga o‘lim tiladi