20:15 / 08.02.2022
1 372

Ramzan Qodirovning iste’fosini talab qiluvchi petitsiya 100 mingdan ortiq imzo yig‘di

Ramzan Qodirovning iste’fosini talab qiluvchi petitsiya 100 mingdan ortiq imzo yig‘di
Foto: «Znack.com»
Ramzan Qodirovning Checheniston rahbari lavozimidan ketishini talab qiluvchi petitsiya Toshkent vaqti bilan soat 13:00 ga qadar 105 mingdan ortiq imzo to‘pladi. Siyosatchi Ilya Yashin tomonidan Change.org saytiga joylangan petitsiyaga 100 000 ta imzo olish uchun atigi bir kun vaqt kerak bo‘ldi, deb yozadi Meduza.

Petitsiyada Qodirov davrida Checheniston izolyatsiyadagi davlatga aylangani, respublika rahbariyatining jurnalistlar, huquq himoyachilari, sudyalar va ularning oila a’zolariga qarshi ommaviy tahdidlarga yo‘l qo‘yayotgani aytiladi.

Yashin, shuningdek, respublikaning iqtisodiy muammolari hal etilmaganini hamda Checheniston, Qodirovning o‘zi aytganidek, federal subsidiyalarsiz «uch oy ham yashamasligini» ta’kidladi.

Ramzan Qodirov yanvar oyida Checheniston Oliy sudi sobiq sudyasi Saydi Yangulbayev oilasini, huquq himoyachisi Igor Kalyapin, «Novaya gazeta» va uning jurnalisti Yelena Milashina, shuningdek, «Dojd» telekanalini «terrorchilarning sheriklari» deb atagan edi. Shuningdek, Rossiya Davlat Dumasining Chechenistondan saylangan deputati Adam Delimxonov Yangulboyevning boshini olishga va’da berdi. Kremlda Qodirovning Kalyapin va Milashina haqidagi so‘zlari «shaxsiy fikr ifodasi» deb ataldi, deputatning harakatlariga baho berilmasdan, bu Duma axloq qo‘mitasining vazifasi ekani ta’kidlandi.

Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Qodirovning iste’fosini talab qiluvchi petitsiyaga fikr bildirar ekan, Change.org saytida botlar yordamida soxta ovozlar to‘planishi mumkinligini aytdi. Kreml bu murojaatga «xolis munosabatda bo‘lmoqda», dedi u.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ramzan Qodirovning iste’fosini talab qiluvchi petitsiya 100 mingdan ortiq imzo yig‘di