15:00 / 16.02.2022
1 088

Ukraina favqulodda vaziyatlarga tayyor turish uchun NATOdan yordam so‘radi

Ukraina favqulodda vaziyatlarga tayyor turish uchun NATOdan yordam so‘radi
Foto: Novaya gazeta
Ukraina Favqulodda vaziyatlar davlat xizmati Yevroatlantika ofatlarga javob berishni muvofiqlashtirish markazidan (EADRCC) xalqaro yordam so‘radi. Bu haqda NATO saytida xabar berilgan.

Xabarda aytilishicha, Ukraina idorasi «tinch aholiga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan yot xarakterdagi keng ko‘lamli favqulodda vaziyatlarga» tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Ukraina tomonidan so‘ralgan asbob-uskunalar va mexanizmlar ro‘yxati 78 ta punktdan iborat bo‘lib, 6 ta toifaga bo‘linadi:
  • Maxsus texnikalar (30ta buldozer, 10ta traktor, kranlar, yuk mashinalari, 30ta yo‘ltanlamas va 70ta pikap avtomobillari, 760dan ortiq dvigatelli puflama qayiqlar);
  • maxsus asboblar va jihozlar (metall detektorlar va minalardan tozalash uskunalari, elektr generatorlari, suv filtrlash qurilmalari);
  • shaxsiy himoya vositalari (shlemlar, suv kostyumlari, qutqaruvchilar uchun 22 ming juft va o‘t o‘chiruvchilar uchun 11 ming juft himoya qo‘lqoplari, protivogazlar, 70 mingdan ortiq kimyoviy himoya kostyumlari, 30 mingdan ortiq dozimetrlar (radioaktiv nurlanish darajasini o‘lchovchi asbob);
  • aloqa apparatlari (turli tipdagi 20 mingga yaqin radiostansiyalar);
  • dori vositalari va tibbiy buyumlar (antibiotiklar, infuzion eritmalar, bintlar, himoya niqoblari, 10 000 juft tibbiy qo‘lqoplar).

AQSH hukumati Rossiya Ukrainaga bosqinni «istalgan vaqtda, jumladan 20 fevral kuni yakunlanadigan qishki Olimpiya o‘yinlari» vaqtida ham boshlashi mumkinligi haqida ogohlantirgan. G‘arb nashrlari o‘z manbalarga asoslangan holda, hujum 16 fevral kuni boshlanishi mumkinligi haqida yozgandi.

Rossiya bir necha bor hech kimga hujum qilishga tayyorlanmayotganini bildirgan. Kremldagilar G‘arb nashrlaridagi ruslarning Ukrainaga bosqini taxminiy sanasi haqidagi xabarlarni «vasvasaga tushish» deb atagan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ukraina favqulodda vaziyatlarga tayyor turish uchun NATOdan yordam so‘radi