
Foto: TASS
O‘zini mustaqil deb e’lon qilgan Donetsk xalq respublikasi militsiyasi Ukraina qurolli kuchlarining Donbassga “hujum rejasi”ni e’lon qildi.
Ma’lumot berilishicha, Ukraina armiyasining 26-, 43- va 55-artilleriya brigadalari ommaviy artilleriya zarbalari berishni rejalashtirgan. Ular samolyotlar, vertolyotlar va dronlar yordamida DXR hududidagi harbiy va fuqarolik ob’ektlariga zarba beradi.
Rejaga ko‘ra, Ukraina qurolli kuchlari Kramatorsk-Debalsevo, Azovbo‘yi va Lugansk yo‘nalishida hujum qiladi.
DXRdagilarning ta’kidlashicha, hujumlar tanklar, desant-hujumchi va artilleriya brigadalari ishtirokida amalga oshiriladi.
Militsiyaning ma’lumot berishicha, Azovbo‘yi yo‘nalishida dengiz va artilleriya kuchlaridan, Lugansk yo‘nalishida esa motopiyoda va mexanizatsiyalashgan brigadalardan foydalaniladi.
Ukraina sharqidagi vaziyat 17 fevral kuni keskinlashdi. DXR va LXR rahbariyatlari Ukrainani o‘t ochishda aybladi.
19 fevral kuni DXR va LXRda umumiy harbiy safarbarlik e’lon qilindi.
Juma kuni esa har ikki respublika aholisini Rossiyaga evakuatsiya qilish boshlandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar