1 485
Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi vaziyat iqtisodiyot hamda bozorlarga qanday ta’sir o‘tkazmoqda?
Foto: Bloomberg
Rossiya—Ukraina mojarosi global miqyosda qimmatli qog‘ozlar uchun haftaning og‘ir boshlanishi bo‘ldi. Bu haqda Bloomberg xabar bermoqda.
Ukraina atrofidagi ziddiyatlar kuchayganidan keyin Yevropa va Osiyoda qimmatli qog‘ozlar allaqachon tushib ketgan. Bozor qiymatining yo‘qolishi, taxminan, 1 trln dollarni tashkil qilishi mumkin.
Rossiya fond bozori «qora dushanba»ni boshdan kechirdi. Rubl yo‘qotishlari 3,3 foizga yetdi. Moskva fond bozorlari esa dollar bilan ifodalangan RTS indeksi 13,2 foizga tushib ketdi.
Rublga asoslangan MOEX Rossiya indeksi bir yil ichida eng past darajaga — 10,5 foizga pastladi. Shu tariqa ushbu indeks oktabr oyidagi cho‘qqisidan 30 foizga tushib ketdi.
G‘arb davlatlari Rossiyaga qarshi keskin sanksiyalar qo‘llashi mumkin. Shu sababli Rossiya qimmatli qog‘ozlari katta zarar ko‘rmoqda. Rossiyaning asosiy qimmatli qog‘ozlari indeksi bir hafta davomida 19 foizga tushib ketdi.
Bundan tashqari, Buyuk Britaniya Rossiyaning quyidagi beshta bankiga nisbatan sanksiyalar kiritmoqda:
«Rossiya» banki;
IS Bank;
General Bank;
«Promsvyazbank»;
«Chernomorskiy bank».
Savdogarlarga bo‘lgan sanksiyalar xavfi ortayotgani sababli Rossiya bozorlari chekinmoqda.
Rubl kursi bir necha yillardan beri eng past darajaga tushib ketib, hozirda dunyodagi eng o‘zgaruvchan valyuta bo‘lib turibdi. Voqealar ortidan fevral oyida sarmoyadorlar xavfsizroq investitsiyalarga intilishlari sababli oltinning narxi yanada ko‘tarilishi kutilmoqda. Hozirda uning narxi iyun oyidan beri eng yuqori darajaga ko‘tarildi.
Raqamli valyutalar seshanba kuni Ukraina bilan bog‘liq geosiyosiy taranglik global bozorlarni hayajonga solib qo‘ygan bir paytda keskinlashdi.
Erta tongda bitkoin 36 370 dollargacha tushib ketdi. Bu ikki haftadan ko‘proq vaqt ichida eng past darajaga tushdi. Dunyodagi eng yirik kriptovalyuta keyinchalik o‘z yo‘qotishlarini qisqartirdi, 24 soat ichida savdo 3 foizga tushib 37 495 dollarni tashkil qildi.
Boshqa raqamli aktivlarning narxi ham pasayish jarayonida.
Tahlilchilar bu pasayishni Rossiya—Ukraina inqirozi tufayli keskinlashgani bilan izohladilar. Rossiya prezidenti Vladimir Putin dushanba kuni Ukraina sharqidagi ikki mintaqani mustaqil deb e’lon qilganidan bir necha daqiqa o‘tib qo‘shin kiritishni buyurdi.
Reuters nashrining ma’lum qilishicha, eng jiddiy choralardan biri Rossiya banklarini SWIFT bank tizimidan uzib qo‘yish bo‘ladi. Rossiya davlat obligatsiyalariga ega bo‘lgan Yevropa Ittifoqi, Buyuk Britaniya va AQSH investitsiya fondlari ularni to‘liq taqiqlashi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Yaponlar qishda uylarini qanday isitadilar?
AQSH va Rossiya Isroil hamda “Hizbulloh” o‘rtasidagi kelishuvda vositachi bo‘ladi
Andijonda Tez tibbiy yordam markazi direktor o‘rinbosari o‘z ishiga tiklandi
Tramp AQSH bosh prokurori lavozimiga kongressmen Gets nomzodini ilgari surdi