Xalqaro jinoiy sud bosh prokuror Karim Xon.
Haagadagi xalqaro jinoiy sud bosh prokurori Karim Xon Ukraina so‘roviga ko‘ra Rossiya mansabdor shaxslariga nisbatan ehtimoliy og‘ir jinoyatlar yuzasidan surishtiruv-tergov boshlashga qaror qildi.
«Men Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha dastlabki xulosalar bilan tanishdim va surishtiruv-tergov boshlash uchun yetarli asos mavjud ekaniga ishonch hosil qildim. Allaqachon jamoamga dalillar yig‘ish va saqlash imkoniyatlarini o‘rganib chiqishni topshirdim. Barcha davlatlar hamda xalqaro hamjamiyatdan faoliyatimni qo‘llab-quvvatlashlarini so‘rayman», – deb bayonot berdi Karim Xon.
Haaga sudi bosh prokurori Ukrainaga holatga baho berar ekan, tomonlarni vazminlik va xalqaro gumanitar huquq me’yorlariga rioya qilishga chaqirgan.
Xalqaro jinoiy mahkama Ukrainadagi ehtimoliy genotsid hamda harbiy jinoyatlarni taftish etadi. Rossiya ham, Ukraina ham Rim statuti ishtirokchisi bo‘lmagani sababli xalqaro sud agressiya (bosqinchilik) jinoyatini taftish etish vakolatiga ega emas.
Avval xabar berganimizdek, joriy yil 27 fevral kuni Ukraina Rossiyaga qarshi Haagadagi xalqaro sudga rasman da’vo arizasi kiritdi.
Xalqaro jinoiy sud – doimiy asosda faoliyat yurituvchi mustaqil yuridik organ bo‘lib, 1998 yil 17 iyulda imzolangan Rim statutiga asosan ta’sis etilgan. Mahkama xalqaro miqyosdagi og‘ir qilmishlar – genotsid, insoniyatga qarshi va harbiy jinoyatlarni ko‘rib chiqadi.
Ukraina Rim statutini 2000 yil 20 yanvarda imzolagan, ammo hali ratifikatsiya qilganicha yo‘q.
2016 yilda xalqaro sud Qrimning Rossiya tomonidan anneksiya qilinishini harbiy ziddiyat deb e’lon qilgach, rasmiy Moskva Rim statutida ishtirok etishdan bosh tortgan.
Britaniyalik huquqshunos va diplomat Karim Xon bir yil avval Xalqaro jinoiy sud bosh prokurori lavozimiga saylangan. U 2008 yilda Rossiya va Gruziya o‘rtasidagi urush vaqti ro‘y bergan ehtimoliy harbiy jinoyatlarni ham o‘rganib keladi.
Xalqaro sud1, Ukraina so‘rovi1, Karim Xon1, Haaga sudi1, Surishtiruv-tergov1, Harbiy jinoyat1, Rossiya mansabdor shaxslari1 Ukraina va Rossiya urushi “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi