
Foto: Harper’s Bazaar
Ukrainaning gʻarbidagi Chernovsi shahri Mila Kunisning tugʻilib oʻsgan vatanidir. Shu sababli u erda harbiy nizolar boshlanganida Gollivud yulduzi Mila va uning turmush oʻrtogʻi Eshton Katcher vaziyatga birinchilardan boʻlib munosabat bildirdi. Albatta, soʻzdagina emas, balki amalda ham.
Mila va Eshton ukrainaliklar uchun 30 million dollarlik yordam yigʻish maqsadida Airbnb va FlexPort.org’ni ulash orqali GoFundMe kampaniyasini ishga tushirdi. Yulduzli juftlik insonparvarlik yordami oʻz vaqtida va kerakli joyga etkazilishi uchun barcha hisob-kitob masalalarini ham oʻz zimmasiga oldi.
«Ukrainaliklar juda jasur va kuchli xalq. Ammo bu ularning yordamga muhtoj emasligini anglatmaydi. Iltimos, Ukraina xalqi uchun yordam puli yigʻishda koʻmak bering», — deydi Mila Kunis e'lon qilingan videoda.
Mashhurlarning oʻzlari xayriyaga 3 million dollar qoʻshishga va'da berdi.
Eslatib oʻtamiz, Gollivud yulduzlari Rayan Reynolds va Bleyk Layvli ukrainalik qochoqlar uchun million dollar xayriya qildi. Shuningdek, jahonga mashhur aktrisa Anjelina Joli ham Ukrainadagi vaziyatga munosabat bildirib, tinch aholiga yordam berishini ma'lum qilgandi. Aktrisa uzoq vaqtdan beri BMTning yaxshi niyat elchisi sifatida butun dunyo boʻylab qochqinlarni qoʻllab-quvvatlab keladi.
Mila KunisUkraina YordamiGollivud YulduzlariXayriya KampaniyasiEshton KatcherInsonparvarlik Yordami O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing