Ko‘z yoshlarini tiya olmagan bolakay yuraklarni zabt etdi

Moskvada havaskorlar ishtirokida o'tkazilgan jismoniy mashq musobaqasi ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo'ldi. Ayollar o'rtasidagi bahsda 8 yoshli Mila Medvedeva 33 daqiqa davomida natija ko'rsatib, g'oliblikni qo'lga kiritdi. Shunga qaramay, internet foydalanuvchilarining asosiy e'tiborini 20 daqiqa davomida turib, yakunda ko'z yoshlarini tiya olmagan bolakay tortdi.
Moskvada havaskorlar o‘rtasida o‘tkazilgan “planka” musobaqasi nafaqat g‘oliblar, balki hissiyotlarga boy lahzalari bilan ham ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinmoqda.
Musobaqada 8 yoshli Mila Medvedeva ayollar o‘rtasida 33 daqiqa davomida “planka” holatini saqlab, eng yaxshi natijani qayd etdi va g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Uning chidamliligi tomoshabinlar tomonidan olqishlandi.
Biroq musobaqadan keyin internet foydalanuvchilarining e’tibori g‘olib qizaloqqa emas, balki 20 daqiqa davomida “planka”da tura olgan, mashq yakunida ko‘z yoshlarini tiya olmagan bolakayga qaratildi. Hodisa aks etgan video qisqa fursatda millionlab tomoshalarni yig‘di.
Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining bir qismi bolakayning matonati va sabriga qoyil qolib, unga dalda so‘zlarini yo‘llagan bo‘lsa, boshqalar musobaqa g‘olibi bo‘lgan Mila Medvedevaning yutug‘i bu muhokamalar soyasida qolib ketganini ta’kidlamoqda. Shu tariqa musobaqa natijasidan ko‘ra, undagi hissiyotlarga boy lahzalar ko‘proq e’tibor qozondi.






























Izohlar 0
…