2 363
«Ukraina Qrim va Donbass kelajagi borasida muzokaralar olib borishga tayyor» — Zelenskiy
Foto: 247 News Agency
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya bilan Qrim masalasida, shuningdek, Donetsk hamda Lugansk Xalq Respublikalari mustaqilligini tan olish masalalarida kelishuv imkoniyatlari mavjudligini ma’lum qildi. U bu haqda ABC News telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tgan. Zelenskiyning jurnalist bilan suhbat davomida aytgan javoblari Ukraina prezidentining rasmiy saytida ukrain tilida keltirilgan.
- "Men uchun u yerda Ukraina tarkibida bo‘lishni istaydigan odamlarning yashashi juda muhim. Ayni vaqtda Rossiya fuqaroligini olishni istaydiganlarning xayolidan qanday fikrlar o‘tayotgani ham men uchun qiziq. Ammo mazkur masalalarni, jumladan, Qrim masalasidagi kelishuvlarni muhokama qilib olishimiz kerak. Biz Qrimning Rossiya hududi ekanini tan olmaymiz. Rossiya Federatsiyasi ham uni Ukraina hududi deb tan olishi qiyin. Mazkur ikki masala yechimini topishda ichki jamiyatlarimizda isyonlar kuzatilmasligi uchun oqilona qaror qabul qilishni uddalashimiz, ushbu hududlarda yashovchilar, Ukraina fuqarolari qoniqadigan yo‘lni topishimizga ishonaman", - dedi Vladimir Zelenskiy.
Zelenskiy yuqorida qayd etilgan muhim masalalarni hal qilish yo‘lida Putinni yana muzokaralarga chaqirdi. Ukraina prezidentining so‘zlariga ko‘ra, uni saylagan xalq urushda taslim bo‘lishga va ultimatumlarga tayyor emas, lekin Rossiya hamda Ukraina Qrim va Donbass kelajagini muhokama qilish mumkin.
Bundan tashqari, Zelenskiy Ukraina qo‘shnilari, qolaversa, AQSH, Fransiya va Germaniya kabi dunyoning yetakchi davlatlari bilan xavfsizlik yuzasidan kollektiv shartnoma imzolashi kerakligini bildirdi. Uning qayd etishicha, bu nafaqat Ukraina, balki Moskva doimiy ravishda bayonot bildiradigan Rossiya uchun ham xavfsizlik kafolatlari bo‘ladi.
- "NATO haqida ham ko‘p marta gapirganman va omma oldida Rossiyaga – prezident Putinga messej ham berganman: tegishli davlatlarning mamlakatimiz xavfsizligi yuzasidan har qanday kafolatlariga tayyormiz. Rossiya ham ushbu davlatlar qatorida, sababi Rossiya — bizning yaqin qo‘shnimiz", - dedi Vladimir Zelenskiy.
Moskva va Kiyev delegatsiyalari Ukrainada urush boshlanganidan beri jami uch marta o‘zaro uchrashdi. Muzokaralarning birinchi raundi – 28 fevralda, 2-raundi 3 martda, 3-raundi esa 7 mart kuni o‘tkazilgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi
Tomoshabinlar nafratiga uchragan, saratonni yenggan turk aktrisasi — Vahide Perchinning murakkab taqdiri
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
AQSH Isroilga puli to‘langan buldozerlarni bermadi
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi