13:43 / 10.03.2022
1 958

Qirgʻiziston va Tojikiston chegarachilari oʻrtasida otishma yuz berdi

Qirgʻiziston va Tojikiston chegarachilari oʻrtasida otishma yuz berdi
Foto: AP Photo/Vladimir Voronin
Qirgʻiziston va Tojikiston chegarachilari oʻrtasida ikki davlat chegarasining bahsli uchastkalaridan birida otishma sodir boʻldi. Quroldan foydalanish bilan bogʻliq hodisa Qirgʻizistonning Botken viloyati, Teskey tumanida chegaraning belgilanmagan qismida sodir boʻlgan.

Qirgʻiziston chegara xizmatining qayd etishicha, tojik chegarachilari ilgari qoʻllagan harakat yoʻnalishini oʻzgartirib, yangi chegara qoʻriqlash chizigʻiga kirgan va qirgʻiz chegarachilaridan bu hududni tark etishni talab qilgan.

Oʻz navbatida, Tojikiston tomoniga koʻra, Qirgʻiziston chegarachilari Tojikiston hududiga oʻtib, tojik chegarachilaridan bu hududni tark etishni talab qilishgan.

«Qirgʻiziston chegarachilari Tojikiston hududiga (Isfara tumani, Chorkuh mahallasi, Vahdat) oʻtib, tojik chegarachilaridan bu hududni tark etishni talab qilishgan. Ogʻzaki kelishmovchilik kelib chiqdi, qirgʻiz chegarachilari birinchi boʻlib oʻt ochishdi, biznikilar javob qaytardi. Otishma natijasida bir tojik chegarachisi halok boʻldi, ikki nafari yaralandi, tojik dehqonlari ham yaralandi», degan mahalliy aholi vakillaridan biri «Aziya-Plyus»ga.

Halok boʻlgan chegarachi va jarohatlangan fuqarolar haqidagi ma'lumot Isfara shahar markaziy kasalxonasi tomonidan tasdiqlangan.

Chegara vakillarining telefon orqali muloqotidan soʻng tomonlar bahsli hududdan chegara otryadlarini olib chiqib ketishgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo