
Foto: Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA
Rossiya armiyasi tomonidan qamal qilingan Mariupol shahri kengashi urush boshlanganidan buyon shahar aholisi orasida 2187 kishi halok bo‘lgani haqida xabar berdi.
Kengash ma’lumotiga ko‘ra, so‘nggi kunlarda Mariupolga kamida 22 marta havo zarbalari berilib, shaharga 100ta bomba tashlangan.
Kengashdagilar tasdiqlashicha, rossiyalik harbiylar «aholi uylari, odamlar ko‘p to‘planadigan joylarni nishonga olmoqda, bolalar shifoxonalarini vayron qilib, shahar infratuzilmasini butkul yakson etmoqda».
Mahalliy rasmiylar NATOni Ukraina armiyasiga havo hujumidan mudofaa tizimlari yetkazib berish hamda Ukraina osmonini parvozlardan xoli hudud deb e’lon qilishni so‘ragan.
Mamlakat havo hududini yopishni so‘rab Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ham bir necha bor murojaat qilgandi. G‘arb davlatlari bunga rozi bo‘lmayapti - bunday qaror Rossiya bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri to‘qnashuv keltirib chiqarishi mumkin. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar