date
views 1 628

Urushning 19-kuni: Donetsk markazida raketa portlab, odamlar halok boʻldi. Rossiya «Birinchi kanal»i xodimi jonli efirda urushga qarshi chiqdi

Urushning 19-kuni: Donetsk markazida raketa portlab, odamlar halok boʻldi. Rossiya «Birinchi kanal»i xodimi jonli efirda urushga qarshi chiqdi
Xarkovga qilingan raketa hujumidan soʻng oʻt oʻchiruvchilar turar joy binosida yongʻinni oʻchirmoqda
Foto: AP Photo

Ukrainadagi urush oʻn toʻqqiz kundan buyon davom etmoqda. 14 mart kuni Rossiya va Ukraina muzokaralarning navbatdagi raundini oʻtkazdi va bir kunlik tanaffus qildi. Donetsk markazida raketa portlashi oqibatida 20 kishi halok boʻldi, 28 kishi yaralandi. Kreml Ukraina shaharlariga hujum qilish bilan, Rossiya Mudofaa vazirligi korxonalarga bomba yogʻdirish bilan tahdid qilmoqda.

«Birinchi kanal» muharriri Marina Ovsyannikova kechki yangiliklarda urushga qarshi plakat bilan chiqdi. Unda «Urushga yoʻq. Urushni toʻxtating. Propagandaga ishonmang. Bu erda sizni aldashyapti. Rossiyaliklar urushga qarshi» degan yozuvlar bor. Meduza 14 mart, urushning oʻn toʻqqizinchi kunidan asosiy voqealar va fotosuratlarni jamladi.

Donetsk markazida raketa portlashi oqibatida 20 kishi halok boʻldi, yana 28 kishi yaralandi. Rossiya Mudofaa vazirligiga koʻra, u erga Ukrainaning millatchi boʻlinmalari nazorati ostidagi Krasnoarmeysk shahridan «Tochka-U» raketasi uchirilgan. Raketa urib tushirilgan, biroq uning boʻlaklari Donetsk markazida Hukumat uyi yaqinidagi turar joy hududiga, Universitet va Artem koʻchalariga qulagan.

Donetsk rasmiylariga koʻra, raketa taqiqlangan kasseta zaryadi bilan uchirilgan. Rossiya mudofaa vazirligi bunday oʻq-dorilardan foydalanish imkon qadar koʻproq tinch aholini oʻldirish maqsadini isbotlaydi, deb ta'kidlamoqda.

Ukraina Mudofaa vazirligi Donetskdagi raketaning qulashiga aloqasi yoʻqligini aytdi. «Shuni aytmoqchimanki, bu, shubhasiz, Rossiya raketasi yoki boshqa qandaydir oʻqlar», — dedi vazirlik vakili, lekin soʻzlariga dalil keltirmadi.

Donetsk
Foto: Scanpix


Donetskdagi kiyim-kechak doʻkoni
Foto: Reuters

Kreml Ukraina shaharlariga hujum qilish bilan, Rossiya Mudofaa vazirligi esa korxonalarga bomba yogʻdirish bilan tahdid qilmoqda. Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov jurnalistlar uchun oʻtkazilgan brifingda Gʻarb Rossiyani «tinch aholining oʻlimida javobgarlikka tortish uchun» Ukrainaning yirik shaharlariga hujum qilishga undayotganini aytdi. U «maxsus operatsiya» boshida Vladimir Putin aholi punktlariga hujum qilishdan tiyilishga koʻrsatma berganini eslatdi, biroq unga koʻra, endi Mudofaa vazirligi «deyarli qurshab olingan shaharlarni toʻliq nazorat ostiga olish imkoniyatini istisno etmayapti».

Rossiya Mudofaa vazirligi Donetskning oʻqqa tutilishiga javoban «Ukraina harbiy-sanoat kompleksi korxonalarini ishdan chiqarish boʻyicha tezkor choralar koʻrishini» ma'lum qildi. Zarbalar «millatchilarning urush jinoyatlarini sodir etishda ishlatadigan qurollarni ishlab chiqarish, ta'mirlash va tiklash» amalga oshirilayotgan ob'ektlarga beriladi. Shu munosabat bilan vazirlik ushbu korxonalarda ishlaydigan yoki ularga yaqin atrofda yashovchi Ukraina fuqarolarini «potentsial xavfli zonalarni tark etishga» chaqirdi.

Kievliklar vayron boʻlgan uydagi yarador qariyaga yordam bermoqda
Foto: Reuters


Ikki yarim haftadan buyon davom etayotgan urush fonida Kiev koʻchalari
Foto: Reuters


Kievdagi otishmalarda oʻlgan mushugini koʻtarib olgan erkak
Foto: AFP

Rossiya «Birinchi kanal»i muharriri jonli efirda urushga qarshi namoyish bilan chiqdi. «Vremya» dasturining kechki sonini olib borayotgan boshlovchining ortida kutilmaganda urushga qarshi plakat koʻtargan ayol paydo boʻldi. Plakatda ingliz va rus tillarida «Urushga yoʻq. Urushni toʻxtating. Propagandaga ishonmang. Bu erda sizni aldashmoqda. Rossiyaliklar urushga qarshi» deb yozilgan. Dasturning keyingi qismiga oʻtilgunga qadar ayol «Urushni toʻxtating! Urushga yoʻq!» degan soʻzlarni bir necha bor takrorlashga ulgurdi.

«OVD-Info» xabariga koʻra, aktsiya «Birinchi kanal» xodimi Marina Ovsyannikova tomonidan tashkil etilgan. Bundan oldin u urushga qarshi mitinglarga chiqish chaqirigʻi bilan ham murojaat qilgan.

- Hozir Ukrainada sodir boʻlayotgan voqealar — jinoyat. Rossiya esa tajovuzkor davlat. Va bu jinoyat uchun javobgarlik faqat bir kishining vijdoniga havola. Bu odam Vladimir Putin. Afsuski, soʻnggi yillarda men «Birinchi kanal»da ishlayapman, Kreml propagandasi bilan shugʻullanyapman va hozir bundan juda uyalaman. Televizor ekranida yolgʻon gapirishlariga qoʻyib berganim uyat. Men rus xalqining zombi qilinishiga jim qarab turganimdan uyalaman.
Hozir Marina Ovsyannikova hibsga olingan. «Birinchi kanal» ichki tekshiruv oʻtkazayotganini bildirdi.

14 martga oid boshqa suratlar

Sobachiy plyajidan qum toʻldirilgan qoplarni tashiyotgan erkak. Ulardan Odessa mudofaasi uchun foydalaniladi
Foto: Meduza


Ukraina harbiysi temir yoʻl yaqinidagi nazorat-oʻtkazish punktida. Odessa
Foto: Reuters


LXR xalq militsiyasi xodimi Lugansk viloyati, Popasnaya shahri yaqinidagi harbiy amaliyotlar hududida 2S1 «Gvozdika» oʻziyurar gavitsasining yonida.
Foto: Scanpix


Rus armiyasini adashtirish uchun yoʻl belgisini olib tashlayotgan ukrainalik. Kiev
Foto: EPA


Kiev yoʻlidagi barrikadalar
Foto: AP Photo


Volnovaxa shahri fuqarosi (DXR nazorati ostida) insonparvarlik yordami solingan aravachani sudrab ketmoqda
Foto: Scanpix


Mariupol aholisi koʻchada ovqat pishirmoqda. Shahar hamon rus qoʻshinlarining qamalida
Foto: AP Photo


Hujumlar oqibatida yonib ketgan uy. Mariupol
Foto: AP Photo
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Urushning 19-kuni: Donetsk markazida raketa portlab, odamlar halok boʻldi. Rossiya «Birinchi kanal»i xodimi jonli efirda urushga qarshi chiqdi